Jismoniy madaniyat

Fakultet ma`muriyati

Maxkamov Akmal Yuldashevich

Dekan


Qabul vaqti: Seshanba-Juma (14:00-16:00)
Telefon: +99890 3447979
Elektron pochta: maxkamov164@umail.uz

Abdullayev Rustam Abduvaliyevich

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (14:00-16:00)
Telefon: +99891-140-34-40
Elektron pochta: rustamqdpi@gmail.com

Tursunov Mirkamol Turdaliyevich

O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (14:00-16:00)
Telefon: +99890-564-14-05
Elektron pochta: tursunovqdpi@gmail.com

Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti fakultetlari ichida Jismoniy madaniyat fakulteti o‘zining alohida o‘rni hamda o‘z tarixiga egadir.  Jismoniy madaniyat fakulteti 1961 yilda institut qoshida Jismoniy tarbiya bo‘limi bo‘lib ochilgan va shu yili 1-kursiga talabalarni qabul qilish ommaviy sport ishlarini rivojlantirish tarixida muhim voqea bo‘lib esda qolgan.  Ushbu xolat kafedra asosida tashkil etilgan.  Uning mudirligiga dotsent S.A.Ushakov  tayinlangan. 

1970 yilda yuqoridagi kafedra mustaqil holatda jismoniy tarbiya fakulteti deb tan olindi va tashkil etildi. Shu yillardan boshlab jismoniy tarbiya fakulteti    tashkil topildi deb hissoblangan. Ushbu fakultetga   dekan etib Z.S. Xolmetsskaya tayinlangan.  Bundan keyingi yillar davomida A.S.Xayimov ushbu lavozimni bajarib kelgan.  1974 -1976 yillarda M.A.Qalandarov, 1976-1989 yillarda  PFN dotsent O‘.T.Tursunov, 1989-1998 yillarda  p.f.n. dotsent  A.A.Tolibjonov, 1998 – 2014 yillarda p.f.n. dotsent R.M.Rasulov fakultetda o‘quv jarayonlarini  takomillashtirish va institutda  ommaviy sport ishlarini kuchaytirishga  va uning  moddiy  texnik  bazasini  munosib mustaxkamlashga  katta xissa qo‘shganlar.  Mazkur fakultetni 2014 yil avgust oyidan dotsent A.Yu.Mahkamov  boshqarib kelmoqdalar.  Hozirgi kunda jismoniy madaniyat fakultetida 2 ta kafedra faoliyat olib kelmoqda.

Jismoniy madaniyat fakultetida taxsil olgan va olayotgan talabalar ichida bugungi kunga qadar ko‘plab  fan nomzodlari hamda  Jahon xamda Olimpiada chempionlari  etishib chiqqan. Bunga misol O‘zbekiston Respublikasinining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Qo‘qon shahriga tashrif buyurishganda sportchilardan  ko‘rishganlar va suxbatlashganlar. Ushbu suhbat jarayonida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi yoshlar o‘rtasida  bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionati  chempioni,  oltin medal sohibi   Sharipov Oybek Ozodbekovich hamda 2016 yil Brazilyaning Rio-do Janero  shahrida bo‘lib o‘tgan  Olimpiada  musobaqasida  sportning boks turi bo‘yicha  “Kumush medal” sohibi  Meliqo‘ziyev Bektemir Ro‘matjon o‘g‘li  ko‘plab  musobaqalarda  yurtimiz sha’nini  munosib himoya qildi va  O‘zbekiston Respublikasinining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan munosib taqdirlangan.  2019 yil 11-17 noyabr kunlari Mongoliya davlatining Ulanbatar shaxrida bo`lib o`tgan boks bo`yicha Osiyo chempionati musobakasida 69 kg da Ismoilov Nurislom va 56 kg da Rasuljonov Xurshidjonlar kumush medal qo`lga kiritishgan.

2019 yil 26-28 noyabr kunlari Kirgizistonni Beshkek shaxrida Bel olish kurashi bo`yicha Osiyo chempianatida 3 kurs talabasi Toshmuxammedov Javoxir 55 kg da kumush medal soxibi bo`lgan.

Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari tomonidan sport natijalari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarida xam katta yutuqlarga erishilib, bulardan Muminov Sherzod 2002 yilda «Navoiy» nomli stipendiya, 2017 yilda Melikuziyev Bektemir Ruzimatjon o`g`li «Islom Karimov» nomli stipendiya, 2017 yilda Melikuziyev Bektemir Ruzimatjon o`g`li OTM lar o`rtasida o`tkazilgan «Yil talabasi» tanlovi g`olibi, 2018 yil Ergashev Shaxboz «Navoiy» nomli stipediya, 2019 yil Odilova Iroda Otabek qizi «Navoiy» stipendiyati soxiblari xisoblanishadi .. 

Fakultet professor-o`qituvchilari va talabalari tomonidan erishilgan yutuqlar bo`yicha yil davomida OAV lari ya’ni Uzbekiston 24, Sport, Farg`ona telvideniyasi tomonidan muntazam yoritib borilgan.

Fakultet kafedralari