Pedagogika

Fakultet ma`muriyati

Erkaboyeva Nigoraxon Shermatovna

Dekan


Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00)
Telefon: +99891-204-57-84
Elektron pochta:

Abdurashidov Adxamjon Abduxamidovich

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (15:00-17:00)
Telefon: +99894-490-68-14
Elektron pochta:

Sultanov Sherzod Elmuratovich

O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (15:00-17:00)
Telefon: +99891-152-10-35
Elektron pochta:

Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti tarkibida pedagogika fakulteti “Maktabgacha tarbiya guruhi” sifatida 1935 yildan o`z faoliyatini boshlagan. O`sha davrda fakultetning 1-kursiga 20 nafar talaba qabul qilingan bo`lib, maktabgacha ta’lim muassasalariga oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlab berish bo`yicha Farg`ona vodiysida yagona, respublikada ikkinchi ilm dargohi hisoblangan.

Fakultet tarixida O.Muhammadjonov, Z.A.Kalonxo`jayeva, B.Ibragimov, N.Yoqubov, M.M.Hoshimova, O`.Toshtemirov, L.Zohidov, R.Hoshimov, S.To`ychiyev, S.Obidjonova, N. Erkaboyeva, G`. Najmiddinov kabi professor-o`qituvchilarning xizmatlari katta bo`lgan.

Pedagogika fakulteti 1998- yilda boshlang`ich ta’lim metodikasi va pedagogika psixologiya fakultetlari negizida kengaytirildi. 2005-yil sentyabr oyida musiqiy ta’lim yo`nalishi ham pedagogika fakulteti tarkibiga qo`shildi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 28 fevraldagi 52-sonli buyrugiga ko`ra fakultet tarkibiy tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritildi. Unda boshlangich ta’lim metodikasi yo`nalishi va maktabgacha ta’lim yo`nalishlari alohida fakultet qilib ajratilgan. 2015 yil mart oyida Mehnat ta’limi va Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo`nalishi ham pedagogika fakulteti tarkibiga qo`shildi.

2019 yil oktabr oyidan pedagogika fakultetining Musiqa ta’limi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Mehnat ta’limi yo’nalishlari “San’at” fakulteti tasarrufiga o`tkazildi.

2019-2020 o`quv yilidan 12.10.2019¹800 U-sonli buyrug’iga asosan pedagogika fakulteti negizida “Maktab menejmenti” ta’lim yo`nalishi ochildi.

2019-2020 o`quv yilidan boshlab pedagogika fakultetida 3 ta ta’lim yo`nalishi

1.     5110900-Pedagogika va psixologiya

2.     5111900-Defektologiya

3.     5611700-Maktab menejmenti ta’lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda

2019 yilda Institut ­­­­­­­­­12.10.2019 ¹800 U-sonli buyurig`iga asososan fakultetlararo “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi pedagogika fakulteti tasarrufiga o`tkazildi.

Fakultetga 1998-2005 yillarda N.Erkaboyeva, 2005-2008 yillarda dotsent I.P.Po`latov dekanlik qilgan.  Ayni paytda fakultetni p.f.d., N.Erkaboyeva boshqarib kelmoqda.

Fakultetda 3 ta ta’lim yo`nalishida 680 nafar talaba tahsil olmoqda.

2018-2019 o`quv yilidagi Pedagogika va psixologiya kafedrasi qoshida “Ta’lim tizimini boshqarish” ixtisosligidan magistratura yo`nalishi ochildi.

Fakultet kafedralari