O`zbek tili va adabiyoti

Fakultet ma`muriyati

Kobilova Zeboxon Bakirovna

Dekan


Qabul vaqti: Dushanba-Juma (14:00-16:00)
Telefon: +998 91 6934705
Elektron pochta: zeboxon_qobilova.mail.ru

Saidakbarova Muqaddas Muhammadrahimovna

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari


Qabul vaqti: Seshanba-Payshanba (14:00-16:00)
Telefon: +99890-361-42-80
Elektron pochta:

Imomaliyeva Musharrafxon Ilhomjon qizi

O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (15:00-17:00)
Telefon: +99891-200-20-73
Elektron pochta:

O`zbek tili va adabiyoti fakulteti Qo`qon davlat pedagogika institutining nufuzli va o`z an’analariga ega fakultetlaridan biri hisoblanadi. Dastlabki tarix-filologiya mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlash 1954-yil Qo`qon xotin-qizlar instituti pedagogika institutiga aylantirilgach boshlandi. Shu davrdan boshlab o`qitish kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida amalga oshirilgan. 1967-yildan esa tarix-geografiya mutaxassisligi bo`yicha ta’lim tarbiya ishlari olib borilgan.

1991-yildan tarix, inson va jamiyat o`qituvchisi mutaxasisligi bo`yicha kunduzgi ta’limga talabalar qabul qilingan. 1993-1998-yillarda tarix, inson va jamiyat qo`shimcha iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari o`qituvchisi mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlangan. 1994-1999-yillarda tarix, inson va jamiyat hamda huquq o`qituvchisi mutaxassislari tayyorlangan. 1998-yildan boshlab O`zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibidan Tarix fakulteti ajralib chiqib aloxida fakultet sifatida faoliyat yuritmoqda.

Hozir fakultetda 5111200 -«O`zbek tili va adabiyoti » bakalavr yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultet tarkibida «O`zbek tilshunosligi», «O`zbek adabiyoti» kafedralari mavjud.

Fakultet tasarrufida 1 ta bakalavr va 1 ta magistratura mutaxassisligi mavjud:

  5111200 – O`zbek tili va adabiyoti

  5A111201-O`zbek tili va adabiyoti

Fakultetda 405 nafardan ortiq bakalavr talabalari taxsil oladi. Ulardan 4 nafari “Navoiy” nomidagi Davlat stipendialari soxibalari, 2 nafari Respublika fan olimpiadalari g`oliblari bo`lgan.

2017-2018-o`quv yilida “Amiriy va Qo`qon adabiy muhiti” mavzusidagi Respublika konferensiyasi o`tkazildi. Amiriyning “Devon”i nashr etildi.  2 nafar o`qituvchi filologiya fanlari bo`yicha falsafa fanlari doktori (PhD) darajasiga ega bo`ldi. 2019-yil yana oʻqituvchi shunday darajaga eshishdi. O`zbek tili va adabiyoti ta’lim yo`nalishi 402-guruh talabasi Sh.Ismoilova “Yosh kitobxon” respublika tanlovida 1-o`rinni egalladi. 201-guruh talabasi N.Jasurova Respublika yosh ijodkorlari forumida faol ishtirok etdi.

Fakultet kafedralari