Kafedralar

Musiqa ta’limi

Kafedra mudiri

Musiqa ta`limi kafedrasi 1990 yil may oyidan BTM fakulteti qoshida mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. 1991 yili birinchi marta “Musiqa o`qituvchisi” ixtisosligi bo`yicha kunduzgi va sirtqi bo`limlarga o`qishga qabul qilinib, talabalar o`qitila boshlandi. 1996 yili kafedra mustaqil bo`lim sifatida ish boshladi. 1998 yil yili esa fakultet maqomi berildi. Shu kungacha ko`plab mutaxassislar ushbu fakultetda o`qishni tamomlab, Xalq ta`limi tizimida musiqa madaniyati fani o`qituvchisi vazifasida va ta`limning turli jabhalarida faoliyat olib bormoqdalar. Yo`nalishda fan nomzodlari, faxriy professor, katta o`qituvchilar va tajribali pedagoglar faoliyat olib borib yoshlarga musiqa fanlari bo`yicha ta`lim – tarbiya berish bilan bir qatorda nafosat tarbiyasini berib kelganlar. Ayniqsa, ma`naviy-ma`rifiy ishlarni bajarilishida katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Dastlab, musiqa fakultetida -  ikkita kafedra “Vokal va xor ijrochiligi”, “Musiqa ijrochiligi” kafedralari faoliyat ko`rsatgan. 2005-yildan musiqa fakulteti va pedagogika fakultetlari birlashtirilib, Pedagogika fakulteti deb yuritila boshlandi. Musiqa  kafedrasi pedagogika fakulteti tarkibidagi kafedralardan biriga aylantirildi. Kafedrada hozirgi kunda p.f.n, dosent, katta o`qituvchilar, o`qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Yo`nalishda 263 nafar talabalar taxsil olmoqdalar.  O`tgan yillar mobaynida ilmiy va ilmiy uslubiy ishlar, ma`naviy-ma`rifiy ishlar, o`quv tarbiyaviy ishlar amalga oshirildi. Kafedrani pfn, dosent G`.M.Najmetdinov va katta o`qituvchi Sh.A.Turdiyev ko`p yillar mobaynida mudir sifatida faoliyat  ko`rsatib  boshqarib  kelganlar.                            

 Kafedra o`z faxriylariga ega. Jumladan, kafedrada ko`p yillar faoliyat ko`rsatib nafaqaga chiqqan professor D.G`ofurov , O`zbekiston Respublikasi “Xalq Ta`limi a`lochisi” nishondori F.A.Zilyaeva, o`qituvchilar M.Ibragimova, A.Nuriddinov, M.Boymatovlar xaqiqiy ma`nodagi faxriylarimizga aylanishgan. O`tgan yillar mobaynida yo`nalishda taxsil olgan 2 nafar talaba qizlarimiz Salohitdinova Dinora va Mirzajonova Nargiza Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibalari bo`lishgan. Kafedra o`qituvchilari Respublika va halqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda muntazam ishtirok etib keladi.Yo`nalishda 12 nafar “Nihol” davlat mukofoti sovrindorlari, Xalqaro festivallar va nufuzli ko`rik tanlovlar laureatlari tahsil olishmoqda.Jumladan: Talaba A.Holmatov  Italiya mamlakatida o`tkazilgan Xalqaro musiqa  festivalida  laureat  bo`ldi.  Omonova Dildora Nizomiy nomidagi TDPU da “Musiqa nazariyasi” fani bo`yicha Olimpiadada fahrli II-Darjali diplom bilan taqdirlandi. Qo`qon DPI da o`tkazilgan rus tili fani bo`yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli I-o‘rinni egalladi.

Kafedramiz a`zolaridan G‘.Najmetdinov 2018 yilda “Musiqa o`qitish metodikasi va maktab repertuari” darsligini yaratdi.G.Najmetdinov tomonidan  umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun darsliklar, musiqa madaniyati darslarini zamon talablari asosida tashkil etish uchun uslubiy qo`llanmalar  va ko`plab maqolalar nashr ettirildi. Eng quvonarlisi, talabalar bilan hamkorlikda nashr ettirilgan ilmiy ishlar diqqatga sazovordir. Shu yo`sinda iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e`tibor qaratilmoqda.

2019 yilda kafedra o`qituvchisi D.Namozova  tomonidan  “Musiqa o`qitish texnologiyalari va loyihalash” nomli o`quv qo`llanma yaratildi. Kafedra o`qituvchisi M.Djumaboyeva “Dirijyorlik”nomli qollanma yashri uchun grif oldi.

 Yo`nalishimizda tashkil etilayotgan ishlarimizning asosiy qismini ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlar tarkibiga kiradi. Fakultet, institut, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko`plab ma`naviy-ma`rifiy, musiqiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelamiz. Kafedra qoshida turli to`garaklar tashkil etilgan bo`lib, ushbu to`garaklar talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida o`z hissalarini qo`shmoqdalar. “Talantlarni izlaymiz”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” kabi ko`plab Respublika miqyosidagi tanlovlarda talabalar va professor-o`qituvchilarimiz muvaffaqqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Kelajakda kafedra faoliyatini yanada rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilgan.Kafedra  pedagogik – xodimlar   jamoasi    oldiga  zamonaviy   axborot – texnologiyalari , zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalar  asosida  ta`lim va tarbiya bera oluvchi yosh mutaxassis pedagog kadrlar (BAKALAVR) tayyorlash,  o`quv – uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Hozirda kafedra Rossiya Federatsiyasining nufuzli OTMlari bilan o`zaro hamkorlik ishlarini yo`lga qo`ydi.Oxirgi yillarda kafedra a`zolari tomonidan Respublikamizda va chet ellarda  ko`plab ilmiy, ilmiy – uslubiy maqolalar, tezislar nashr ettirildi.  Ushbu nashr ettirilgan ishlarning barchasi musiqa ta`limi va uni yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan ishlardir.2019 yilda “Musiqa ta`limi kafedrasi” San`at fakulteti tarkibiga kiritildi.

Fan dasturlari




Kafedra professor-o‘qituvchilari

Najmedinov G`ayrat Mamajonovich Dotsent
Turdiyev Shavkat Axmedovich Katta o`qituvchi
Madaminov Nasimjon Xoljo‘raevich Katta o`qituvchi
Qobilova E’zozxon Bakirovna Katta o`qituvchi
Nosirov Dilmurod Tursinovich Katta o`qituvchi
Djumaboeva Muqaddas Shavkatovna O`qituvchi