Kafedralar

Tarix o`qitish metodikasi

Kafedra mudiri

Umumiy tarix kafedrasi o‘zining faoliyatini 2003 yildan boshladi. 2015 yilda ‘‘Umumiy tarix kafedrasi’’ nomi ‘‘Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi’’ga aylantirildi. Kafedrani 2003-2008 yillarda T. Madaminov, 2008-2010 yillarda t.f.n. B. Aminov, 2010-2015 yillarda t.f.n. R.Qodirov, 2016 yil noyabr oyigacha t.f.n. I. Yo‘ldashev, 2016 yil noyabrdan t.f.n, dotsent Xolmatov Rustam Nishonovich boshqardi.

 2017 yildan buyon kafedrani t.f.n. Q.Akbarov boshqarib kelmoqda. Tarix o’qitish metodikasi kafedrasi o’z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid farmonlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, ko‘rsatmalari, rektorning buyruqlari va ko‘rsatmalari, institut kengashi qarorlari asosida olib boradi. OTMning tarkibiy qismi bo‘lgan kafedranig asosiy faoliyati o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liq. Shu sababli tarix o‘qitish metodikasi kafedrasida Ilmiy hamda pedagogik kadrlarning sifatli tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Shuningdek kafedrada malaka oshirishi, hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarga katta e’tibor qaratilgan.

  Hozirgi kunda kafedrada 29 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 4 nafari fan nomzodi, 1 nafari dotsent, 8 nafari katta o‘qituvchi, 17 nafari o‘qituvchi va 1 nafari assistent-o‘qituvchilardir. Kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatining umumiy yo‘nalishi majmuaviy mavzusi: “Farg‘ona vodiysining Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rni” (2005-2020 yillar) deb nomlanadi. Bugungi kunda ushbu majmuaviy mavzu doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

 Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor–o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 14% foizni tashkil etadi. Kafedrada faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilardan Rahimova Gulchexra Sobirjonovna 2018 – yilda “XX asrning 50-90 yillarida Farg‘ona vodiysi sanoat rivojlanishining ekologik holatga ta’siri” mavzusida (PhD) doktorlik disertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.  Shuningdek, kafedraning yana bir o‘qituvchisi Bozorov Otabek Odilovich 2019 yil “XX asrning 80- yillarida O‘zbekistondagi millatlararo munosabatlar tarixi “(Farg‘ona viloyati misolida) mavzusi bo‘yicha (PhD) doktorlik dissertatsiya himoyasini bajardi.

Yo‘nalishining IV bosqich talabasi G‘iyosiddinov Xojiahror Mirxojiddin o‘g‘li 2018-2019 o‘quv yilda Islom Karimov Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Xolmatov Rustam Nishonovich Dotsent
Madaminov To`lqinjon Mamayunusovich Katta o`qituvchi
Nuridinov Turdali Qambarovich Katta o`qituvchi
Xolmatov Muxsin Mo`ydinovich Katta o`qituvchi
Mamurov Muzaffar Meliqo`ziyevich Katta o`qituvchi
Axmedov Raxmonjon Rasulovich Katta o`qituvchi
Azimov Adxamjon Solijonovich Katta o`qituvchi
Mirzahamdamova Dildora Zafarovna O`qituvchi
Qodirov Barxayotjon Sobirjonovich O`qituvchi
Bozorov Otabek Odilovich O`qituvchi
Ruzikulova Maftunaxon Yuldashevna O`qituvchi
Yakubov Kamoliddin Najmiddinovich O`qituvchi
Qambarova Shoiraxon Asqarovna O`qituvchi
Axmedova Rashidaxon Mukimovna O`qituvchi
Alimova Gulzodaxon A`zamovna O`qituvchi
Omonova Farida Alijonovna O`qituvchi
Esonov Ziyodbek Yo‘ldashevich O`qituvchi
Toshmatov Shuhratjon Abduqosimovich O`qituvchi
Xamraqulov Serobjon Soliyevich O`qituvchi
Boltaboev Olimjon Abduraxmonovich O`qituvchi
Mamadaliev Abduvoxid Maxsitalievich O`qituvchi
Baxriddinov Qaxramon Nabievich O`qituvchi
Temirova Mashxura O`qituvchi