Kafedralar

Kimyo o`qitish metodikasi

Kafedra mudiri

Ochilov G`olibjon Mamayunusovich

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(14:00-16:00), Seshanba(14:00-16:00), Chorshanba(14:00-16:00), Payshanba(14:00-16:00), Juma(14:00-16:00)
Telefon: +99891-683-69-80
Elektron pochta: golib@umail.uz
Kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi faoliyati

Kimyo kafedrasi  1992 yilda dastlab matematika-fizika fakultetida biologiya kafedrasining kimyo bo`limi sifatida shakllangan. 1994 yilda kimyo kafedrasi sifatida biologiya kafedrasidan ajralib chiqqan. Unga 1994-1995 yillarda f/m.f.n. I.Maxmudov rahbarlik qilgan. 1995 yilda kimyo yo`nalishi bo’yicha 48 ta talaba birinchi qaldirg`ochlar bo’lib tamomlagan. 1995-1996 yillarda  kafedraga b.f.n. G`.Xolmuxammedov boshchilik qilgan. 1997-1998 yillarda k.f.n. V.U.Xo`jayev kimyo kafedrasini boshqargan. 1998-2003 yillar k.f.n. M.S.Maqsudov, 2003-2005 yillar k.f.n. I.Jalolov, 2005-2006 yillar k.f.n, dots. M.Yu.Isaqov boshchilik qilgan. 2006-2013 yillari k.f.d. V.U.Xo`jayev,  2013-2016 yillari texnika fanlari nomzodi, dotsent I. I.Qo`qonboyevlar mudirlik qildilar. 2017 yilning yanvar oyidan boshlab kafedraga kimyo fanlari nomzodi, dotsent Ochilov G`olibjon Mamayunusovich mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedraga V.Xo`jayev raxbarlik qilgan vaqtda bevosita uning ilmiy ishlanishga yo’naltirishi natijasida I.Qo`qonboyev, A.Gapparov, G`.Ochilov va I.Oxunovlar nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Kafedraning ilimiy va uslubiy faoliyati rivojlanib qator o`quv va uslubiy qo`llanmalar nashrdan chiqarildi, o`quv jarayoniga tadbiq qilindi.

Iqtidorli talabalar bilan olib borilgan faoliyat natijasida 5 nafar “Ulug`bek” va 1 nafar “Beruniy” nomli Davlar stipendiyasi nomzodlari tarbiyalanib etishganlar. 2017 yilda 1 nafar 2018 yilda 1 nafar talaba “Navoiy” nomli Davlar stipendiyasi sohibi bo`ldi.

BAKALAVRIAT

5110300-Kimyo o`qitish metodikasi

MAGISTRATURA

5A110301-Aniq va tabiiy fanlarni  o`qitish metodikasi(kimyo)

KAFEDRA PROFESSOR-O`QITUVCHILARI

Bugungi kunda kafedrada 20 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsatmoqda. Ulardan 1 nafari fan doktori, professor, 5 nafari fan nomzodi, 1 nafari PhD, 5 nafari katta o`qituvchi va 8 nafari o`qituvchilardir. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Qo`qonboyev Ikromjon Ibrohimovich Katta o`qituvchi
Isaqov Muhammadjon Yunusovich Katta o`qituvchi
Mahmudov Ilxomjon Tolibjonovich Katta o`qituvchi
Kozimova Nafisaxon Munavvarovna Katta o`qituvchi
Jumanov Ahmadjon Mirzayevich Katta o`qituvchi
Saidahmedova Nurxon Yusupovna Katta o`qituvchi
Rahmatullayeva Gulsinoy Mamajonovna Katta o`qituvchi
Meliboyeva Gulchehraxon Salavatovna O`qituvchi
No`monov Baxtiyorjon Omonovich O`qituvchi
Payg`amov Rahimjon Abduqayumovich O`qituvchi
Xudoyberdiyev Jaloliddin Xasanovich O`qituvchi
Ahmadjonov Ilhomjon Luqmonovich O`qituvchi
Karimova Dilovar Batirovna O`qituvchi
Õo`jayeva Nafisaxon Toshtemirovna O`qituvchi
Azimov Nurmuhammad Shuhratovich O`qituvchi
Xikmatullayev Izzatullo Lutfullayevich O`qituvchi