Kafedralar

Matematika o`qitish metodikasi

Kafedra mudiri

Jumaqulov Xurshidjon

Kafedra mudiri


Qabul vaqti: Dushanba(15:00-17:00), Seshanba(15:00-17:00), Chorshanba(15:00-17:00), Payshanba(15:00-17:00), Juma(15:00-17:00)
Telefon: +99893 6426954
Elektron pochta: xurshid81@gmail.com

“Matematika o`qitish metodikasi” kafedrasi 1970 yilda tashkil etilgan bo`lib, bugungi kunda kafedrada 29 nafar asosiy shtatda, 2 nafar o`rindosh, 1 ta soatbay, jami 32 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat ko`rsarib kelmoqda, ulardan 7 nafari ilmiy darajali professor-o`qituvchilar: f.-m.f.n., dotsent Sh.Soliyev, f.-m.f.n., dotsent M.Mamajonov,   f.-m.f.d. D.Akbarov, f.-m.f.n. U.Akbarov, f.-m.f.n. B.Mamadaliyev, f.-m.f.n. X.Jumaqulov, Namangan Davlat Universiteti matematika kafedrasi mudiri, f-m.f.d., professor M.Rahmatullayev. Kafedra ilmiy salohiyati 21,8% ni tashkil etadi. 2018 yil 1 martdan boshlab kafedraga f.-m.f.n. X.Jumaqulov mudirlik qilib kelmoqda.

Kafedra professor-o`qituvchilari “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, “Matematik analiz”, “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi” mavzularidagi ilmiy yî‘nalishlar bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshiradi. Mazkur ilmiy tadqiqot yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda 2018-2019 o`quv yilida kafedra a’zosi Sh.Jî‘rayev (Matematika institutikatta ilmiy hodimi, akademik Sh.Q.Farmonov rahbarligi ostida), A.Zunnunovlar (Geometriya va topologiya ixtisosligi bî‘yicha Αzbekiston Milliy Universiteti professori M.SH.Mamatov rahbarligida) doktoranturaga î‘qishga kirishdi. Kafedra katta o`qituvchisi G.Rasulova ΑzPFITI direktori p.f.d, professor N.I. Taylaqov rahbarligida ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. O.Yunusov 01.01.02-Differensial tenglamalar ixtisosligi bî‘yicha Αzbekiston Milliy Universiteti f-m.f.d., professor B.I.Islomov rahbarligida, “Differensial tenglamalar” yî‘nalishida dotsent M.Mamajonov, î‘qituvchi S.Mamajonovlar Αzbekiston Milliy Universiteti amaliy matematika kafedrasi hamkorligida f-m.f.d., professor O.Zikirov rahbarligida î‘z ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. 2018/2019  o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan  xorijiy jurnallarda 5 ta, OAK tasarrufidagi jurnallarda 3 ta ilmiy maqolalar chop etildi.

Kafedrada xorijiy OTMlar bilan o`zaro hamkorlik ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan.

2019 yil 11 martdan 20 martga qadar Rossiya davlat gumanitar universiteti (Moskva shahri) professori, pedagogika fanlari doktori Valentin Konstantinovich Jarovga “Matematika î‘qitish metodikasi” ta’lim yî‘nalishi 3- bosqichda “Matematika î‘qitish metodikasi” fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni, “Aniq va tabiiy fanlarni î‘qitish metodikasi (Matematika)” mutaxassisligi 1-kurs magistrantlariga “Oliy ta’limda matematika î‘qitish metodikasi” fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Kafedra  katta o`qituvchisi f.m.f.n. X.Jumaqulov va katta o`qituvchisi M.Esonovlar 2019/2020 o`quv yilining oktyabr oyida Rossiya Davlat Gumanitar Universiteti (Moskva shahri)ga stajirovkaga yuborildi. 2019/2020 o`quv yilining dekabr oyida esa Rossiya Davlat Gumanitar Universiteti (Moskva shahri) professori, pedagogika fanlari doktori Valentin Konstantinovich Jarov “Matematika î‘qitish metodikasi” ta’lim yî‘nalishi 3-kurs talabalariga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tib berishi rejalashtirilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari

Mamadaliyev Botirjon Maxmudovich Bo`lim boshlig`i
Akbarov Ummatali Yigitaliyevich Dotsent
Aroyev Dilshod Davronovich Katta o`qituvchi
Ummatova Maxbuba Axmedovna Katta o`qituvchi
Ergashev Akramxon Axmadxodjayevich Katta o`qituvchi
Mansurov Muhsin Mannonovich Katta o`qituvchi
Maxmudova Ozoda Yuldashevna Katta o`qituvchi
Nuritdinov Jalolxon Tursunboy o`g`li O`qituvchi
Yunusov Oybek Maxamataliyevich O`qituvchi
Esonov Munavvarjon Muqimjonovich O`qituvchi
Jo‘rayev Shukur Yusupovich O`qituvchi
Zunnunov Azizxon Olimxon o`g`li O`qituvchi
Axmedova Gavxar Axadovna O`qituvchi
Otaboyev Muxsinjon Muqimjonovich O`qituvchi
Asqaraliyeva Muxtasarxon Azizjon qizi O`qituvchi