Devonxona

 Devonxona haqida ma`lumot 

Devonxona - institutning tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita rektor boshqaruvida ish yuritadi. Devonxona bo`limi institutda ish yuritishning asosiy boshqaruv bo`limi hisoblanadi. Institut xujjatlari hisoboti, ularning yuritilishini belgilangan talablar asosida bo`limlar, fakultetlar bilan bevosita hamkorlikda tashkil etadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibini olib boradi.
Institut devonxonasining asosiy vazifalari va funksiyalari:
Me`yoriy xujjatlar asosida ish yuritishni tashkil qilish va nazorat qilish.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, viloyat va shahar hokimligidan kelgan xujjatlarni o`z vaqtida qabul qilib zudlik bilan rektor huzuriga etkazish.
Rektor huzuridan chiqqan xujjatlarni bajarishi lozim bo`lgan  ma`sul shaxslarga ro`yxat orqali belgilangan muddatida etkazib berish.
Institutga kelgan xujjatlar, jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan tushgan murojaatlarni tegishli bo`limlarga taqsimlash, ularning hisobini, ro`yxatga olinishi va bajarilishini doimiy nazorat qilish.
Xujjatlarning bajarilish ijro monitoringi haqida ma`lumotni har bir yig`ilishda muhokama qilib borish.
Qo`qon DPI dan chiqadigan xatlarni rektor imzosi bilan ro`yxatdan o`tkazish va bir nusxasini devonxonada saqlash. 
Qo`qon DPI da ishlaydigan professor-o`qituvchi va ishchi xizmatchilarga oylik maoshi hamda talabalarning stipendiyalari to`g`risidagi ma`lumotlarni ro`yxatdan o`tkazish.
Safarbarlikni ro`yxatdan o`tkazish.
Devonxona xodimlarining vazifalari to`g`risida yo`riqnomalar tayyorlash va ularni amalda qo`llash, xodimlar malakalarini oshirishni tashkil qilish.
Arxiv ishi bo`yicha me`yoriy xujjatlar asosida arxiv ishini yo`lga qo`yish va xujjatlarni saqlanish sharoitini nazorat qilish.
 
Qo`qon DPI devonxonasining huquqlari.
Institutning tarkibiy bo`linmalariga o`z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo`yicha belgilangan tartibda ko`rsatmalar berish.
Zarur bo`lgan institutga kelgan xujjatlarni yuqori tashkilotlardan so`rab olish.
Vazirliklardan, viloyat va shahar xokimligidan xujjatilarning o`z vaqtida bajarilganligi haqida ijrochi ma`sul shaxslardan ma`lumot talab qilish.
Ish yuritish masalalari, xujjatlar ishlatilishini nazorati, jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan tushgan murojaatlari hamda arxiv ishlari bo`yicha ko`rsatmalar berish.
Institutning barcha bo`limlarida xujjatlar yuritilishi, jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan tushgan murojaatlari hamda ular to`g`risida hisobot berishni talab qilish.