AL va KXK bo`limi

 Institutning Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`limi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Umumta`lim fanlari va chet tillarini o`qitilishini yanada yaxshilash hamda ta`lim sifatini oshirishda ta`lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ–1875–sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash, zamonaviy pedagogik va axborot-komunikasiya texnologiyalaridan foydalangan xolda o`qitishning ilg`or uslublarini joriy etish yo`li bilan, o`sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o`qitish, shu tillarda erkin so`zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jaxon sivilizasiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko`lamda foydalanishlari, xalqaro xamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida institutda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti) ta`lim yo`nalishining Davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari, o`quv dasturlarini qayta ishlab chiqishda tayanch oliy ta`lim muassasasi bo`lgan TDPU professor-o`qituvchilari bilan institutdagi ingliz filologiyasi kafedrasi o`rtasida muntazam aloqalar o`rnatildi.
CHet tili bo`yicha uzluksiz ta`lim tizimining yangi DTSlariga muvofiq yaratiladigan o`quv adabiyotlari, takomillashtiriladigan o`quv adabiyotlari turlari (darslik, o`quv qo`llanma) tarkibini (nomlarini) aniqlashda, o`quv adabiyotlarini yaratish va takomillashtirish bo`yicha malakali mutaxassislar jalb etilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirishda ingliz filologiyasi kafedrasi TDPU ning mas`ul kafedrasi bilan amaliy ishlarni yo`lga qo`yildi.
CHet tillarini o`rganish bo`yicha institutda grammatika, fonetikadan zarur bo`ladigan ko`rgazmali qurollar, qo`llanmalar, lug`atlar, ma`ruza materiallari (shu jumladan elektron shaklda ham) tarkibi belgilandi xamda ularni yaratish bo`yicha ishchi guruhlari shakllantirildi.
Xorijiy tillarni o`qitishning ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, darsliklar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, multimedia vositalarini yaratish bo`yicha Toshkentdagi Britaniya Kengashi vakolatxonasi bilan qo`shma loyihalar tayyorlanmoqda xamda uni amalga oshirish choralari ko`rilmoqda.
Fakultetlararo chet tillar kafedrasi tomonidan 2016 yil 1 aprel kuni Avval maishiy xizmat va transport kollejida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ–1875–sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash maqsadida o`quv xonalari jihozlanishi va ishchi dasturlarning majmualarga mosligi o`rganib uslubiy ko`rsatmalar berildi. 
25.03.2016 kuni esa Uchko`prik tumanidagi 4-o`rta umumta`lim maktabi va Furqat tumanidagi 9-o`rta umumta`lim maktabiga borishdi. 
SHunday seminar-treninglarni davom ettirgan holda, 17.04.2016 kuni Buvayda tumani Aftomabil yo`llar KHKda kafedra professor-o`qituvchilaridan M.Mahmudov, E.Imomov va E.SHermatovlar shahar va tuman o`qituvchilariga ingliz tili o`qitishning zamonaviy innovasion texnologiyalar haqida uslubiy ko`rsatmalar va tavsiyalar berishdi. O.Bektoshev so`zga chiqib ingliz tili o`qitishning zamonaviy ped-texnologiyalari qo`llash, 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875 hususida, shuningdek chet til o`qitishda yangi DTS joriy etilishi, ya`ni, CEFRni mohiyati va amalda qo`llanishi xususida gapirib o`tdi. Seminar-trening bahs-munozara shaklida bo`lib o`tdi.
2. “Mahorat maktablari”da o`tkazilgan o`quv seminarlari: 
2016 yil 6-mart kuni “Biologiya o`qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan Furqat tumani Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlashni tashkil etish bo`limi tasarrufidagi 24-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida;
2016 yil 15 yanvarü kuni “Mehnat ta`limi” kafedrasi tomonidan Furqat tumani XTMFMTTEB tasarrufidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabida.
Joriy yilning 26 yanvarü kuni “Boshlang`ich ta`lim ” kafedrasi tomonidan Beshariq tuman 3-IDUMIda seminar tashkil etdi. 
2016 yil 15 aprelü kuni “Kimyo o`qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan Farg`ona viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi tasarrufidagi 2-VIDUMIda; 
2016 yil 19 yanvarü kuni “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” kafedrasi tomonidan Qo`shtepa tumani XTMFMTTE bo`limi tasarrufidagi 20-umumiy o`rta ta`lim maktabida; 
2016 yil 4 fevralü kuni “Musiqiy ta`lim” kafedrasi tomonidan Uchko`prik tumani 15- umumiy o`rta ta`lim maktabida seminarlar tashkil etildi. 
Farg`ona viloyati So`x tumanining 23- maktabida institut o`qituvchisi Mahkamov Faxriddin mahorat darslari o`tkazidi
3. O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2016 yil 11 fevraldagi 66-sonli buyrug`i va Qo`qon shahar xokimi A. Abdullaevning 15.02.2016 yil kunidagi apparat yig`ilishi topshirig`iga binoan 2016 yil fevral oyida Qo`qon DPI qoshidagi 1-sonli akademik liseyda, 2016 yil mart oyida 2-sonli akademik lisey va uning tarkibidagi bo`limlarda “O`quv, o`quv-uslubiy, ilmiy- tadqiqot va ma`naviy-axloqiy tarbiya ishlarning bajarilish holati va ijro intizomi haqida”gi masalani atroflicha o`rganish, yo`l qo`yilgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tekshiruv o`tkazildi.
4. AL va KHKlari bilan ishlash bo`limi tomonidan 2016 yil mart oyidan boshlab “Ta`lim va tarbiya jarayonida modernizasiya” nomli ilmiy-uslubiy maqolalar to`plami chop etilishi yo`lga qo`yildi.
1-qism 2016 yil 16 martdagi institut Kengashining 7-sonli yig`ilishi;
2-qism 2016yil 18 maydagi institut Kengashining 8-sonli yig`ilishi;
3-qism 2016yil 18 maydagi institut Kengashining 8-sonli yig`ilishida muhokama etilgan va nashrga tavsiya etilgan.
5. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016 yil 4 fevraldagi 89-01-507-sonli xatiga binoan mas`ul xodim J.Tursunov tayinlandi. 2016 yil 1 apreldagi 89-01-1631-sonli xati ijrosi yuzasidan 12-16 may kunlari auditoriya rahbari, kuzatuvchilarni test jarayonini o`tkazish bo`yicha belgilangan joylarda o`quv-seminarlari tashkil etildi va nazorat qilindi. 
6. 22.05.2016 y. kuni institut marketing bo`limi bilan hamkorlikda bitituvchilarni ish bilan ta`minlash bo`yicha “Ochiq eshiklar” kuni o`tkazildi.