Axborot resurs markazi

           Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish asosida axborot kutubxona muassasalarining samarali faoliyatini ta`minlash, o`sib kelayotgan yosh avlodni intelektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy-ma`rifiy qadriyatlarni saqlashga qaratilgan mutlaqo yangi tipdagi axborot kutubxona tizimini yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Axborot-resurs markazimizda o`z maqsad vazifalardan kelib chiqqan xolda yangi nashrlar, axborot-resurslari sotib olish, vaqtli nashrlarga obuna bo`lish, tekinga olish va hadyaga olish hisobiga muntazam adabiyotlar jamg`armasi bilan shakllantirib borilmoqda. Axborot–resurs markazimizda kitobxonlarga hizmat ko`rsatish jarayonlarini integrasiyalash, axborotni to`plash, unga ishlov berish, elektron kutubxona tashkil qilish, elektron katalogni shakllantirish, axborot-resurs markazida kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko`rsatishning tezligi va sifatini oshirish, etakchi xorijiy axborot-resurs markazlarining ma`lumotlar bazasiga ulanish, axborot-resurs markazidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

        O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2006 yil  20 iyun PQ-№ 381 qaroriga asosan «Axborot-resurs markazi» tashkil qilingan. Ushbu “Axborot- resurs markazi” 2 ta bo`limda faoliyat ko`rsatib kelmoqda va quyidagi manzillarda joylashgan: institut ichida Turon ko`chasi 23 uyda, Turon ko`chasi 7 uyda (sobiq markaziy kutubxonasi), Hozirgi kunda ARM kitob jamg`armasi 272796  tani tashkil etadi. SHundan o`zbek tilida soni 161341 ta, shundan lotin alifbodagisi 15843 ta, rus tilidagi soni 105496 ta, ingliz tilidagi 5346 ta, boshqa tillardagi soni 613 tani tashkil etadi. 2015 yil davomida ARM fondi 126400 so`mlik 994 dan ortiq yangi adabiyotlar bilan boyitildi.  2015 yilga 19682174 so`mlik 96 nomdagi va 141 sondagi davriy nashrlarga obuna bo`lindi. Institutimizning barcha professor o`qituvchilari xamda talabalari 100% axborot resurs markaziga a`zo bo`lishgan. 2015 yilning ushbu kunigacha ARM 6428 ta kitobxonga xizmat ko`rsatdi. Ulardan professor-o`qituvchilar 425 ta, talabalar 5128 ta, qolgani esa shahar aholisining boshqa qatlamlarini tashkil  qiladi. 2015  yilda 1 apreliga qadar kitobxonlarga 131777 ta kitob berildi. Bundan professor-o`qituvchilarga 16532 ta, talabalarga 100910 ta kitob berildi.

      Kitobxonlar o`z dunyoqarashini kengaytirish, mashg`ulot va imtixonlarga tayyorgarlik ko`rish, ko`proq bilimga ega bo`lish hamda ilmiy ish yozish uchun asosan Prezident asarlari, O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, tarixiy, siyosiy, dedektiv adabiyotlar, turli fanlarga oid adabiyotlardan foydalanmoqdalar. Fanlar bo`yicha o`quv adabiyotlar (6 ta talabaga 1 kitob) bilan 100% ta`minlangan. Ayrim fanlar bo`yicha etishmaydigan adabiyotlarni sotib olishga buyurtmalar berilgan. Nusxasi kam adabiyotlarni esa skaner orqali elektron variantlari elektron kutubxonaga olib qo`yilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz fondni yangi adabiyotlar bilan boyitib borish, kitobxonning talab extiyojini 100 foiz qondirishdir.

       ARMning elektron darsliklar fondini boyitish kitobxonlarning vaqtini tejash maqsadida ularga qulay sharoitlar yaratish, vaqtdan yutish maqsadida olinayotgan axborotlaridan foydalanish imkoniyatini yaratib berish uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalariga egamiz. Xozirgi kunda ARM da 62 ta kompyuter, 3 ta skaner, 5 ta printer mavjud. ARM kompyuterlarining barchasi lokal tarmoqqa xamda internet tarmog`iga ulangan. 10 ta kompyuter vazirlik korporativ tarmog`iga ulangan. Korporativ tarmoq orqali axborot-resurslari ma`lumotlar bazasini, ya`ni yig`ma elektron katalogini yaratishda ARMAT dasturidan foydalaniladi. ARMAT dasturi elektron qiroatxona, ilmiy adabiyotlarga ishlov berish bo`limi va ilmiy adabiyotlar bo`limidagi kompyuterlariga o`rnatilgan va korporativ tarmoqqa ulangan. Hozirgi kunga qadar respublika yig`ma elektron katalogi tuzish bo`yicha 6008 dan ziyod bibliografik yozuvlar kiritildi hamda ARMAT dasturiga 1 kurs talabalarini ro`yxatga olinmoqda.

        ARMmizda turli soxa va fanlarga oid 1000 dan ortiq taqdimot multimedia materiallari, 2000 dan ortiq ma`ruza matnlari, 150 dan ortiq elektron kitoblar mavjud. Institut professor - o`qituvchilari tomonidan xam talabalar bilimlari va kompyuter ko`nikmalarini oshirish  va qulayliklar yaratish uchun barcha fanlarga oid ma`ruza matnlarining elektron shaklidagi  ishlanmalari ARM ga  taqdim etilgan.

         ARMda xozirgi kunda jami 25 nafar xodim faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda 6 tasi oliy maxsus ma`lumotli, 15 tasi oliy ma`lumotli va 4 tasi o`rta maxsus ma`lumotli xodimlardir.

         2012 yilda Farg`ona politexnika instituti Axborot texnologiyalar markazida ARMning 15 ta xodimi axborot texnologiyalari bo`yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, o`z malakalarini oshirdilar. Toshkent Axborot texnologiya universiteti qoshidagi malaka oshirish fakultetida ARMAT dasturi bo`yicha 2012 yil avgust oyida 36 soatlik Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi dasturi  bo`yicha o`quv kursini 1 ta xodim o`tadi. OO`MTVning 2013 yil 14 noyabrdagi  419 - sonli buyrug`iga asosan 13 ta xodim Axborot resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi ARMAT dasturi bo`yicha o`z malakalarini oshirdilar.

 

ARM uchun zamonaviy va har tomonlama qulay bo`lgan, yangi ta`mirdan chiqqan  bino ajratildi.