Marketing bo`limi

 

O`zbekiston Respublikasi Preidentining 2005 yil 22-iyun PQ-92 sonli qaroridagi barcha ta`lim yo`nalishlari bo`yicha davlat granlari asosida taxsil olgan oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlash borasidagi vazifalarni bajarish hamda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Oliy o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligining 2005 yil 6 avgustdagi 1506 – sonli “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to`g`risida Nizomni tasdiqlash to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida quyidagi ishlar olib borildi:

Bitiruvchilarni ishga to`liq joylashishi ta`minlash maqsadida institut rektorining 2008 yil 19 martda 51-U sonli buyrug`i, 2009 yil 30 martda 55-U sonli  buyrug`i hamda 2010 yil 11 mayda 155-U sonli buyrug`i chiqarilgan.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2010 yil 9 fevraldagi 2/1 – sonli Hay`at qarori bilan tasdiqlangan “Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi bo`yicha 2010 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustivor vazifalari so`zsiz amalga oshirilishini ta`minlash bo`yicha aniq chora-tadbirlar kompleksi”ning 44 -bandiga muvofiq Oliy ta`lim muassasalarining 2009/2010 o`quv yilida bitiruvchilarni akademik lisey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta`lim muassasalari (korxona, tashkilot va muassasalar) talab-ehtiyojlariga muvofiq ishga taqsimlash (tavsiya etish), ularning ishga joylashish jarayonini samarali tashkil etish, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining “Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining bakaavr va magistr kadrlarga bo`lgan ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni ta`minlash to`g`risida”gi 2010 yil 26 martdagi 129 – sonli buyrug`i  hamda institut rektorining yuqoridagi buyrulari ijrosini ta`minlash maqsadida quyidagi ishlar olib borildi.
Institutni har o`quv yilida barcha yo`nalishdagi davlat granti hamda, shartnoma asosida bitirayotgan talabalar o`rtasida fevral oylarida uch tomonlama shartnomalar tuziladi. SHartnoma institut, Xalq ta`limi bo`limlari, AL va KXKlari va bitiruvchi talaba o`rtasida tuzilib, unda talaba qaysi tumanga ishga yuborilishi ko`rsatiladi, hamda ish beruvchi muassasa tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur shartnoma asosida bitiruvchilar Viloyat, shahar va tuman hokimliklari qoshidagi bandlikka ko`maklashuvchi markazlar xodimlari bilan hamkorlikda ish bilan ta`minlandilar.
Kunduzgi bo`limni tamomlayotgan bakalavr va magistratura yo`nalishidagi bitiruvchi pedagogik kadrlarni ta`lim yo`nalishlari asosida Viloyat, tuman(shahar)lar kesimida taqsimlanib, har yili Farg`ona viloyatining “Farg`ona haqiqati” gazetasiga ishga taqsimlanishi to`g`risida e`lon berib borilmoqda. Ushbu e`longa muvofiq XTBlaridan, AL va KXKlaridan pedagogik kadrlarga bo`lgan extiyojlar qabul qilinadi va ko`rsatilgan extiyojlariga muvofiq bitiruvchi talabalar ishga yuboriladi.