Ichki nazorat va monitoring

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o`quv-ta`lim jarayonida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta`lim sohasiga oid qarorlari, Xalq talim vazirligi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining me`yoriy hujjatlari va uslubiy ko`rsatmalarining ijro etilishini o`z vaqtida nazorat va tahlil qilish va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish. Fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo`limlarning o`quv, o`quv-uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hay`at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va institut bo`yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta`lim sohasidagi me`yoriy hujjatlarning bajarilishini nazoratini va monitoringini olib borilishini tashkil qiladi. Institut  ta`lim sohasida ilg`or tajribalarini o`rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga tavsiyalar beradi. Professor-o`qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqadi, hamda tatbiq etilishini bo`lim xodimlari hamda vaqtinchalik tuzilgan ishchi guruh bilan birgalikda amalga oshiradi. Nazorat natijalari hamda ko`rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo`yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etadi.