Magistratura

Bo`lim boshlig`i
Temirboyev Mashrab Karimovich
falsafa  fanlari nomzodi
Telefon:
542-03-12 
e-mail: 
kspi@mail.ru

Bo`lim metodisti
Qo`chqorov Mavzur Xursanboyevich
Telefon: 542-03-12 
e-mail: 
kspi@mail.ru

                   MAGISTRATURA BO`LIMI FAOLIYATI
         Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» tasdiqlangandan so`ng oliygoxlarimizda magistrlar tayyorlash masalasiga katta ehtibor qaratildi. Qo`qon Davlat Instituti magistraturasiga 2003-2004 o`quv yili uchun ilk marotaba quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha kunduzgi bo`limga magistrantlar qabul qilindi: 

5A11010 Matemetika o`qitish metodikasi

5A110201 Fizika o`qitish metodikasi

5A111201 O`zbek tili va adabiyoti

 

          2003-2004 o`quv yilida 8 nafar magistrant bo`lib ular 5A14010 Matemetika o`qitish metodikasiga 2 nafar, 5A140201 Fizika o`qitish metodikasiga 2 nafar va 5A114201 O`zbek tili va adabiyotiga 4 nafar magistrant qabul qilingan. Qabul qilinganlarning deyarli barchasi institutimizning sobiq talabalari hisoblanadi.
Mutaxassisliklarni ko`lami kengayganligi va magistrantlarni soni ortganligi inobatga olinib 2008 yil rektorni buyrig`iga asosan magistratura bo`limi tashkil etilgan.

            Hozirgi kunda magistratura bo`limida 8 ta mutaxassislik bo`yicha 77 nafar magistrant tahsil olmoqda. 2015-2016 o`quv yilidagi magistratura bo`limi mutaxassisliklari:
5A110101 Aniq va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Matemetika)

5A110201 Aniq va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)

5A111601 Ijtimoiy-gumanitar fanlar o`qitish metodikasi (Tarix)

5A111201 O`zbek tili va adabiyoti

5A111401 Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)

5A111701 Ta`lim va tarbiya nazariyasi  va metodikasi (Boshlang`ich ta`lim)

5A110701 Ta`limda axborot texnologiyalari (Informatika)

5A110301 Aniq  va tabiiy fanlar o`qitish metodikasi (Kimyo)

 

Magistraturaning ta`lim dasturlari aniq mutaxassislik bo`yicha fanlarni fundamental va amaliy o`rganish bilan birga ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatni qamrab oladi.
          Magistratura  faoliyati  Magistratura to`g`risida  magistrantlar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risidagi  Nizomlarga asosan olib boriladi va bilim sifatini nazorat qiladi. Magistratura bo`limini rivojlantirish, magistrantlarni ilmiy ishlarini chuqurlashtirish, magistrlik dissertatsiyalarini talab darajasida tayyorlashishi uchun «Magistrlik dissertatsiyalarini bajarish bo`yicha uslubiy» ko`rsatmalar ishlab chiqildi va joriy etildi.
           Malakali kadrlar tayyorlash borasida malakaviy amaliyotlar muhim o`rin egallashi ko`nikmalar va tajribalar hosil qilinishini inobatga olib malakaviy amaliyotlarni o`tkazish bo`yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlanadi.
           Institut fan va o`quv bo`limlari magistratura bo`limi bilan birgalikda hozirgi kun talabi asosida kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirilayotgan vaqtda magistrantlarni har tomonlama bilimli bo`lib yetishishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.
           Ushbu kungacha 8 ta mutaxassislik ta`lim olish uchun barcha sharoitlar mavjud. Har bir magistrantni ilmiy ishlari uchun yangi ma`lumotlar, yangiliklar, ilmiy maqolalar bilan tanishib borishlari uchun INTERNET tizimidan foydalanishlariga qo`shimcha imkon yaratilgan.
Ularga har haftada kompyuter markazida ishlashlari uchun alohida vaqt va kompyuter honalari ajratilgan. 
          Magistrantlarimizni ilmiy ishlarini olib borishlari, fan rivojiga hissa qo`shishlari, o`z sohalarini yetuk mutaxassislari bo`lib etishishlarida tajribali professor-o`qituvchilarimizni o`ziga hos hissalari bor. Institutni ilmiy potentsiali mutaxassisliklar bo`yicha yetarli bo`lishi bilan birga ilmiy aloqalarni chuqurlashtirish, mutaxassislik yo`nalishlarini kengaytirish, ilmiy sohani yanada kuchaytirish maqsadida  markaziy oliygohlardan professorlar jalb etilib magistrantlarga fan sirlarini o`rgatmoqdalar.
          Bo`limni 2008-2010-yillari qishloq xo`jaligi fanlari nomzodi Yusupov Ibroxim, 2010-2012-yillari pedagogika fanlari nomzodi S. Muhammadiyeva, 2012-yildan hozirgi kungacha falsafa fanlari nomzodi M. Temirboyev boshqarib kelmoqda.