Ma`naviyat bo`limi

 Faoliyati

Institutimizda ma`naviy-ma`rifiy, ahloqiy tarbiya sohasidagi ishlar quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi:
Ommaviy ma`naviy-ahloqiy tarbiya tadbirlari.
Milliy istiqlol g`oyasini targ`ib etish va talaba-yoshlar ongiga singdirish.
Davlat va jamiyat taraqqiyoti oldida turgan dolzarb muammolar.
Umumiy bayramlarni nishonlash yuzasidan ishlab chiqilgan ma`naviy-ahloqiy tarbiya dasturlari.
Ma`naviyat kunlari tadbirlari.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili e`lon qilinadigan yillar yuzasidan olib boriladigan ishlar.
O`quv jarayonidagi ma`naviy-ma`rifiy ishlar.
Talabalar turar joylarida olib boriladigan ma`naviy-ahloqiy tarbiya tadbirlari.
Ustoz-shogird milliy an`analrining joriy etilishi.
Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik.
Sport va sog`lom turmush tarzi tarbiyasi.
Ijtimoiy himoya va mehr-muruvvat tadbirlari.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitishni takomillashtirish.
Ma`naviy-ahloqiy tarbiya sohasida halqaro hamkorlik.
Ma`naviy-ahloqiy tarbiya faoliyati samarasi monitoringi.
Ma`naviy-ahloqiy tarbiya sohasida istiqboldagi vazifalar.
 
Axborot tahlil markazi
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2005 yil 24 iyundagi qo`shma buyrug`iga asosan Qo`qon Davlat pedagogika institutining Ma`naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo`limi qoshida 2005 yil 6 dekabrda Axborot tahlil markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz boshlig`i etib Abdusalim Abdusalomovich Amanov tayinlangan.
Ahborot tahlil markazining vazifalari quyidagilardan iborat:
professor-o`qituvchilar va o`quvchi-talabalarni tezkor va zarur ahborot bilan ta`minlash tizimini takomillashtirish va bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish;
axborot soatlari rejalarini tuzish va ularning yuqori saviyada tashkil etilishi bo`yicha uslubiy yordam ko`rsatish;
o`quvchi-talabalarda ahborot materiallarini mutolaa qilish, erkin fikr yuritish va har qanday ahborotga to`g`ri munosabat bildirish ko`nikmalarini shakillantirish;
talabalarni jahon mamlakatlari va yurtimizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, fan va san`at, madaniy-ma`rifiy hayotida muhim o`rin tutgan masalalarga oid ma`lumotlar orqali targ`ibot ishlarini olib borish;
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish yo`lidagi erishilgan yutuqlar bilan talabalarni doimiy tanishtirib borish;
o`zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosat mohiyatini o`quvchi-talabalarga tushuntirish orqali ularning siyosiy ongini shakllantirish;
vatanimizda osoyishtalikni saqlash, diniy ekstremizm, giyohvandlik va halqaro terrorizmga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risidagi ahborotlarni to`plash va targ`ib qilish;
bozor islohotlarini chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishga oid o`zgarishlar va yangiliklardan habardor etish.