Ijtimoiy fanlar kafedrasining navbatdan tashqari yig`ilish bayonnomasidan KO`CHIRMA
11 2017

 «Ijtimoiy fanlar» kafedrasining navbatdan tashqari

 yig`ilish bayonnomasidan 
KO`CHIRMA
 
13. 12. 2016 yil. Qatnashdilar:  kafedra mudiri v.v.b X.Muxtorov, f.f.d.prof. M.Qahhorov,  dosentlar H.Sapoxonov, M.Aminova, B.Aminov, M.YUldasheva, katta o`qituvchilar D.Inomova, G.Radjabova, B.SHamsiddinov, o`qituvchilar A.Alijonov, G.Ergasheva, B.Abdullaev, J. Olimov, H.Solieva, O.Begmatov, I.Mavlonov, M.Kurbanov, O.Xadjaev, D.Ubaydullaev, O.Obidova, A. Meliboev, F.Kushbaev va kabinet mudiri H.Ergasheva. 
 
Kun tartibi:
Har xil masalalar. Katta o`kituvchi G.Radjabovaning  Pedagogika fakulteti Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi ta`lim yo`nalishi  301 va 302 guruxlarida o`qigan ochiq ma`ruza darsining muhokamasi
        Kafedra dosenti f.f.n. M.YUldasheva so`zi: Xurmatli kafedra o`qituvchilari dekabr oyida kafedramiz katta o`qituvchisi G.Radjabova ochiq namunaviy dars tashkil qildi. Darsning mavzusi: "Tadbirkorlik, tadbirkorlik kapitali, korxona (firma) xarajatlari va foyda".
        Mashg`ulot 2016 yilning 13 dekabr kuni Pedagogika fakulteti binosining 402-auditoriyasida, "Iqtisodiyot nazariyasi" fanidan tashkil etildi. Ma`ruza darsidagi davomat: 37 ta talabadan 1 nafari sababli ravishda darsga katnashmadi.
        Darsning uslubiy ta`minoti etarli darajada, ya`ni fan bo`yicha ta`lim texnologiyasi, ma`ruza matnlari, kalendar-tematik reja, ishchi-o`kuv dastur, namunaviy dastur, proektor, vizual materiallar, doska, bo`r mavjud.
         Auditoriyaning darsga tayyorgarlik darajasi yaxshi: auditoriya toza, ma`ruza mavzusi va rejasi doskaga yozib ko`yilgan, proektor yoqilgan, o`qituvchi stoli ustida tarqatma materiallar va uslubiy ko`llanmalar, talabalarda esa konspekt daftarlari va o`kuv qo`llanmalar mavjud.
         O`qituvchi auditoriya bilan salomlashib, gurux sardorlari yordamida davomatni aniqladi va gurux jurnallarini rasmiylashtirdi.  
         Ma`ruzaning kirish qismida o`qituvchi qisqacha iqtisodiy axborot qilib, mamlakatimiz va dunyo iqtisodiyotidagi so`nggi yangiliklar haqida ma`lumot berdi, keyin ma`ruza mavzusining nomi, maqsadi, o`qitish natijalarini, uning avvalgi mavzular bilan mantiqiy bog`liqligini, mavzuning rejasini eslatib, mavzu va reja aks etgan slaydni namoyish etdi.
Mavzu . Tadbirkorlik, tadbirkorlik kapitali, korxona (firma) xarajatlari va foyda.
Reja:
1. Tadbirkorlik, uni tashkil qilish asoslari va shakllari. Menejment 
2. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, uning doiraviy aylanishi va aylanishi. Asosiy va aylanma kapital.
3. Ishlab chiqarish xarajatlari  va ularning turlari
4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi, uning  taqsimlanishi va ishlatilishi.
       Ma`ruza darsi quyidagi tartibda o`tkazildi:
        1-qismda: o`qituvchi mavzu muammoli ma`ruza shaklida o`tishini, shuningdek, tarqatma materiallar asosida munozara tashkillanishini ta`kidladi hamda rejaning 1-masalasi bo`yicha tadbirkorlik so`zining mazmuni, turlari, shakllari, xususiyatlari to`g`risida ma`lumot berdi.  Kooperasiya tadbirkorligi hisoblangan aksiyadorlik korxonlari, qimmatli qog`ozlar: aksiya va obligasiyalarning mazmunini yoritib berdi.
 
        So`ng “aqliy xujum” usulini qo`llash orqali talabalar faolligini oshirishga erishdi.   
   Talabalar quyidagi savolga o`z fikrlarini bildirdilar:
   Nima deb o`ylaysiz, nima uchun tadbirkorlik faoliyati hozirgi kunda iqtisodiy rivojlanishning asosiy faoliyat turi bo`lib qolmoqda?
     Ushbu savol-javobda potokdagi talabalarning deyarli 65%i faol qatnashdilar. Ularning javoblarini o`qituvchi umumlashtirib, rejaning 1-masalasiga xulosa qildi.
        Dos. M.Aminova so`zi: Men ham katta o`qituvchi G.Radjabovaning namunaviy ochiq darsini kuzatdim. Darsning 2-qismida: o`qituvchi rejadagi 2- va 3- masalalar yuzasidan tadbirkorlik kapitalining mohiyati, uning doraviy aylanishi va aylanishini tushuntirib berdi. Kapital harakatini ifodalovchi bosqichlarni slaydlar yordamida izohladi. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlarini tavsiflab berdi. Korxona xarajatlari va foydasini ifodalovchi slaydlarni namoyish qildi.
        Katta o`q-chi B.SHamsiddinov so`zi. Darsning 3-qismida Radjabova G. talabalarga tarqatma materiallardan foydalanib topshiriq berdi. Taxminiy korxoning bir yillik daromadi va umumiy xarajatlari aks etgan jadvalni tarqatib, ushbu korxonaning sof foydasi va foyda normasini aniqlash, so`ng keyingi tarqatilgan bo`sh jadvalga har bir talaba o`z oilasining daromadlari haqidagi ma`lumotni to`ldirib, uning umumiy xarajatlari bilan qiyosiy tahlil qilish vazifasi berildi. Unda deyarli barcha talabalar faol ishtirok etdilar va o`qituvchi natijalarni yig`ib olib, mavzuga yakun yasadi. Mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni qisqa ta`rifini yozib kelishni uyga topshiriq sifatida berdi. 
          Ma`ruza juda qiziqarli, tushunarli, talabalar faolligida o`tkazildi. Unda tarqatma materiallar, uslubiy materiallar, vizual materiallardan keng foydalanildi, talabalar mustaqil ishlashlari va fikrlashlari uchun shart-sharoitlar yaratildi.
         Kamchiliklar: Darsda ayrim texnik sababalarga ko`ra ( ma`lum vaqt davomida elektr energiyasi o`chib, tok bo`lmaganligi uchun) taqdimot uchun mo`ljallangan slaydlar hammasi namoyish etilgani bilan, ularning ayrimlari to`liq izohlanmadi. Keyingi darslarda taqdimotni qog`oz nusxasidan foydalanishni tavsiya etgan bo`lardik.
          Xulosa: O`qituvchi ma`ruza darsidan ko`zlangan maqsadga erisha oldi,  mavzuning mohiyatini talabalar bilan birgalikda ocha oldi, mavzuni zamona bilan bog`lay oldi va zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan o`rinli  foydalandi. Mashg`ulot talablar darajasida tashkil etildi deb xisoblab, Radjabovaning ushbu darsini namunaviy dars sifatida ma`qullash va ijobiy baholash mumkin.
 
 
Yig`ilish qaror qiladi:
 
1. Kafedra o`qituvchilari tomonidan o`tilgan namunaviy ochiq darsi yuzasidan X.Muxtorov, dosent M.Aminova, B.SHamsiddinovlarning bildirgan fikrlari ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kafedra katta o`qituvchisi G.Radjabovaning o`tgan darsi namunali deb topilsin.
3. Kelgusida tashkil qilinadigan namunali ochiq darslarni sifatini yanada yaxshilashga e`tibor qaratilsin.
 
Nazorat komissiyasi raisi:                                                               dos. M.Aminova                 
        Komissiya a`zolari:                                                                            dos. M.YUldasheva
                                                                                                                        B.SHamsiddinov
       Kafedra mudiri v.v.b.                                                                        X.Muxtorov
Yig`ilish kotibi:                                                                           H.Ergasheva