O`zbek adabiyoti kafedrasining kafedra katta o`qituvchisi Qurbonova Feruza A`zamovnaning o`zbek tili va adabiyoti fakulteti 303-guruhida Jahon adabiyoti fanidan o`tgan Vilyam SHekspir ijodi mavzusidagi 2 soatlik ochiq seminar mashg`uloti tahlili
11 2017

 “O`zbek adabiyoti” kafedrasining kafedra katta o`qituvchisi Qurbonova Feruza A`zamovnaning o`zbek tili va adabiyoti fakulteti 303-guruhida “Jahon adabiyoti” fanidan o`tgan “Vilyam SHekspir ijodi” mavzusidagi 2  soatlik ochiq seminar mashg`uloti  tahlili yuzasidan o`tkazilgan yig`ilish  b a yo n n o m a si

 
Qo`qon shahri                                                              7 dekabr   2016 yil
 
                                 Qatnashdilar:
 
“O`zbek adabiyoti” kafedrasi mudiri Jamoliddinov M.(rais), “O`zbek adabiyoti”  kafedrasi dosentlari, M. Hoshimova, Z.Qobilova, katta o`qituvchi F. Qurbonova, o`qituvchilar N. Xolmatova , M. Xojieva.
 
                Eshitildi:
 
   F. Qurbonova.: Men mazkur seminar orqali talabalarda  Jahon  adabiyotining zabardast vakili Vilyam SHekspir ijodi haqida imkon qadar batafsil ilmiy  tasavvur hosil qilishga harakat qildim. Vilyam SHekspir-ingliz uyg`onish davri adabiyotining yirik namoyondasi, adabiy faoliyati va davrlashtirishi, SHekspir tragediyalari haqida ochib berishga harakat qilindi. Talabalarni interfaol usullar yordamida faollashtirishga harakat qildim. Dars jarayonida “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “FSMU”, “Klaster”, “Aqliy hujum” kabi metod va usullardan foydalanishga erishdim. Dars jarayonida tragediya janri va uning jahon adabiyotida o`rganilishi  haqida ma`lumot berildi. Jahon adabiyoti durdona asarlari sanalgan “Qirol Lir”, “Otello”, “Gamlet” bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilishga harakat qilindi.  Men o`z oldimga qo`yilgan maqsadimga erishdim, deb o`ylayman.
 
 
Qobilova Z.: Qurbonova F.ning darslarini oldin ham bir necha bor kuzatganman. SHuni aytish kerakki, u o`z mashg`ulotlarini samarali va qiziqarli o`tkazish uchun jiddiy tayyorgarlik ko`radi. Fikrimcha, biz hozir ham ana shunday darslardan birining guvohi bo`ldik. Men quyidagilarni darsning yutuqlari sifatida e`tirof etishni lozim topdim: a) o`qituvchi o`z fanini –jahon adabiyotni yaxshi biladi, bu hol SHekspir tragediyalarining ilmiy jihatdan tahlil etilib ochib berilganida  yaqqol ko`rindi; b)SHekspirning adabiy-estetik qarashlari tushuntirishda  sharhlab o`rgatishga alohida diqqat qilinganligi muhim, chunki bu adabiy merosimizni o`quvchi va talabalarga singdirishning bugungi kunda biroz oqsayotgan, lekin ustivor yo`nalishga aylanishi lozim bo`lgan jihatlaridan biridir.
Hoshimova M.: Dars menga ham ma`qul bo`ldi. Ayniqsa, asarning nazariy asoslarini “Gamlet” asaridan she`riy parchalarni yoddan ifodali aytgani, izohtalab o`rinlarda doskadan unumli foydalangani  ham  darsning muhim yutuqlaridan bo`ldi. 
Xolmatova.: Men ham yuqoridagi fikrlarga to`liq qo`shilaman. Menga, ayniqsa, talabalarni guruhlarga bo`lib faollashtirish va interfaol usullardan unumli foydalanilganliklari juda ham yoqdi. Dars, umuman olganda, jonli va qiziqarli o`tdi.
Jamoliddinov M.: Men yuqorida fikr bildirgan o`qituvchilar fikr-mulohazalarini umumlashtirgan holda aytishim mumkinki, Qurbonova F.ning ochiq seminar mashg`uloti ham ilmiy, ham metodik tomondan talab darajasida o`tdi.   Darsni  “namunali” deb baholash mumkin.
 
                       Yig`ilish qaror qiladi:
 
1. Katta o`qituvchi Qurbonova Feruza A`zamovnaning o`zbek tili va adabiyoti fakulteti 303-guruhida “Jahon adabiyoti” fanidan o`tgan “Vilyam SHekspir ijodi” mavzusidagi 2  soatlik ochiq seminar mashg`uloti “namunali” deb baholansin.  
2. YUqorida  ko`rsatib  o`tilgan juz`iy kamchiliklarni bartaraf etish o`qituvchi    F. Qurbonova     zimmasiga yuklatilsin
 
 
 
Rais:                                                          Jamoliddinov M.
 
Kotiba:                                                         Xolmatova N.