Ijtimoiy fanlar kafedrasining navbatdan tashqari yig`ilish bayonnomasidan KO`CHIRMA
11 2017

 «Ijtimoiy fanlar» kafedrasining navbatdan tashqari

 yig`ilish bayonnomasidan 
KO`CHIRMA
 
15.12.2016 yil. Qatnashdilar:  kafedra mudiri v.v.b X.Muxtorov, f.f.d.prof. M.Qahhorov,  dosentlar H.Sapoxonov, B.Aminov, M.YUldasheva, katta o`qituvchilar G.Radjabova, B.SHamsiddinov, o`qituvchilar A.Alijonov, G.Ergasheva, B.Abdullaev, J. Olimov, H.Solieva, O.Begmatov, I.Mavlonov, M.Qurbanov, O.Xadjaev, G.Boyqo`zieva, A. Meliboev,N. Toshpo`latova F.Kushbaev va kabinet mudiri H.Ergasheva. 
 
Kun tartibi:
Har xil masalalar. O`kituvchi A.YUsupovning  Tarix fakulteti Tarix o`qitish metodikasi ta`lim yo`nalishi  401 guruxida o`qigan ochiq seminar darsining muhokamasi
        Kafedra dosenti f.f.n. M.YUldasheva so`zi: Xurmatli kafedra o`qituvchilari noyabr oyida kafedramiz o`qituvchisi A.YUsupovning  ochiq namunaviy dars tashkil qildi. Darsning mavzusi: " O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o`tish davri taraqqiyot bosqichlari".
        Mashg`ulot 2016 yilning 15 dekabr kuni Tarix fakulteti binosining 401-auditoriyasida, "O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fanidan tashkil etildi. Seminar darsidagi davomat: 27 ta talabadan 2 nafari sababli ravishda darsga katnashmadi.
        Darsning uslubiy ta`minoti etarli darajada, ya`ni fan bo`yicha ta`lim texnologiyasi, ma`ruza matnlari, kalendar-tematik reja, ishchi-o`kuv dastur, namunaviy dastur, proektor, vizual materiallar, doska, bo`r mavjud.
         Auditoriyaning darsga tayyorgarlik darajasi yaxshi: auditoriya toza, ma`ruza mavzusi va rejasi doskaga yozib ko`yilgan, proektor yoqilgan, o`qituvchi stoli ustida tarqatma materiallar va uslubiy ko`llanmalar, talabalarda esa konspekt daftarlari va o`kuv qo`llanmalar mavjud.
         O`qituvchi auditoriya bilan salomlashib, gurux sardorlari yordamida davomatni aniqladi va gurux jurnalini rasmiylashtirdi.  
         Seminarning kirish qismida o`qituvchi qisqacha iqtisodiy axborot qilib, mamlakatimiz va dunyo iqtisodiyotidagi so`nggi yangiliklar haqida ma`lumot berdi, keyin seminar mavzusining nomi, maqsadi, o`qitish natijalarini, uning avvalgi mavzular bilan mantiqiy bog`liqligini, mavzuning rejasini eslatib, mavzu va reja aks etgan slaydni namoyish etdi.
Mavzu. O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o`tish davri taraqqiyot bosqichlari. 
Reja:
1. Bozor iqtisodiyotiga  o`tish tushunchasi. 
2. Bozor iqtisodiyotiga  o`tish yo`llari umumiylik va o`ziga xoslik.
3. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`lini ishlab chiqilishi va uni amalga oshirish jarayoni.          
      4.   Bozor iqtisodiyotiga  o`tish davri bosqichlari va olamshumul natijalar.
  Seminar darsi quyidagi tartibda o`tkazildi:
        1-qismda: o`qituvchi mavzu muammoli ma`ruza shaklida o`tishini, shuningdek, tarqatma materiallar asosida munozara tashkillanishini ta`kidladi hamda rejaning 1-masalasi bo`yicha O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o`tish davri taraqqiyot bosqichlari tushunchasi haqida ma`lumot berdi. Bozor iqtisodiyotiga  o`tish tushunchasi, jamiyatda adolatli tartib qoidalarni o`rnatishga doir masalalar ilgari surganligi hakida mazmunini yoritib berdi.
        So`ng talabalarni to`rtta guruxga bo`lib xar bir guruxga bittadan rejani guruxlarga bo`lib berdi  faolligini oshirishga erishdi.   
   Talabalar quyidagi savolga o`z fikrlarini bildirdilar:
4. Bozor iqtisodiyotiga  o`tish tushunchasi. 
     Ushbu savol-javobda potokdagi talabalarning deyarli 60%i faol qatnashdilar. Ularning javoblarini o`qituvchi umumlashtirib, rejaning 1-masalasiga xulosa qildi.
X.Muxtarov so`zi: Men ham o`qituvchi A.YUsupovning  namunaviy ochiq darsini kuzatdim. Darsning 2-qismida: Talabalar xar bir rejaga yangi metodlarni qo`llagan xolda birinchi gurux klaster,ikkinchi gurux T-sxemasi,uchinchi gurux nilufar guli,to`rtinchi gurux piramida metodini qo`llab xar bir rejani qiziqarli tarzda yoritib berdi.
        Katta o`qituvchi B.SHamsiddinov so`zi. Darsning 3-qismida A.YUsupov  talabalarga tarqatma materiallardan foydalanib topshiriq berdi. Unda deyarli barcha talabalar faol ishtirok etdilar va o`qituvchi natijalarni yig`ib olib, mavzuga yakun yasadi. Mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni qisqa ta`rifini yozib kelishni uyga topshiriq sifatida berdi. 
          Seminar juda qiziqarli, tushunarli, talabalar faolligida o`tkazildi. Unda tarqatma materiallar, uslubiy materiallar, vizual materiallardan keng foydalanildi, talabalar mustaqil ishlashlari va fikrlashlari uchun shart-sharoitlar yaratildi.
         Kamchiliklar: Darsda ayrim texnik sababalarga ko`ra ( ma`lum vaqt davomida elektr energiyasi o`chib, tok bo`lmaganligi uchun) taqdimot uchun mo`ljallangan slaydlar hammasi namoyish etilgani bilan, ularning ayrimlari to`liq izohlanmadi. Keyingi darslarda taqdimotni qog`oz nusxasidan foydalanishni tavsiya etgan bo`lardik.
          Xulosa: O`qituvchi seminar darsidan ko`zlangan maqsadga erisha oldi,  mavzuning mohiyatini talabalar bilan birgalikda ocha oldi,talabalarni barchasini darsda faol qatnashishini taminlay oldi, mavzuni zamon bilan bog`lay oldi va zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan o`rinli  foydalandi. Mashg`ulot talablar darajasida tashkil etildi deb xisoblab, A.YUsupovning  ushbu darsini namunaviy dars sifatida ma`qullash va ijobiy baholash mumkin.
 
 
Yig`ilish qaror qiladi:
 
1. Kafedra o`qituvchilari tomonidan o`tilgan namunaviy ochiq darsi yuzasidan M.YUldasheva,X.Muxtorov, B.SHamsiddinovlarning bildirgan fikrlari ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kafedra o`qituvchisi A.YUsupovning  o`tgan darsi namunali deb topilsin.
3. Kelgusida tashkil qilinadigan namunali ochiq darslarni sifatini yanada yaxshilashga e`tibor qaratilsin.
 
 
 
Nazorat komissiyasi raisi:                                                                     dos. M.YUldasheva         
       Komissiya a`zolari:                                                                           B.SHamsiddinov       
       Kafedra mudiri v.v.b.                                                                        X.Muxtorov
 
Yig`ilish kotibi:                                                                           H.Ergasheva