O`zbek adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi Gulnoza Oripovaning o`zbek tili va adabiyoti fakulteti 303- guruhida XX asr o`zbek adabiyoti tarixi fanidan Abdulla Qodiriy romannnavis mavzusida o`tgan 2 soatlik ochiq seminar mashg`uloti yig`ilishi
11 2017

 O`zbek  adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi  Gulnoza Oripovaning  o`zbek tili va adabiyoti fakulteti 303- guruhida “XX asr o`zbek adabiyoti tarixi” fanidan  «Abdulla Qodiriy romannnavis” mavzusida o`tgan 2 soatlik ochiq seminar mashg`uloti yig`ilishi   bayonnomasi

21 dekabr 2016 y                                                                           Qo`qon shahri
Qatnashdilar:     f.f.n. dosent M.Hoshimova, dosent M. Jamoliddinov, dosent M. Siddiqov, o`qituvchilar M. Saidakbarova, N. Xolmatova
Kun tartibi:
1. O`zaro darsga kirish va ochiq dars muhokamasi.
     Yig`ilishni o`zbek  adabiyoti kafedrasi dosenti M. Jamoliddinov ochdi va so`zni katta o`qituvchi G. Oripovaga berdi:
---  Men o`zbek  adabiyoti fakulteti 303-guruhida “XX asr o`zbek adabiyoti tarixi” fanidan “XX asr o`zbek adabiyoti tarixi” fanidan  «Abdulla Qodiriy romannnavis”  mavzusida  2 soatlik ochiq seminar mashg`ulotini o`tdim. Darsda Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari o`zaro taqqoslanib, qiyosiy tahlilga tortildi. Darni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`tishga harakat qildim. Talabalar bilan yuz foiz shug`ullandim va baholashga ulgurdim. 
Dosent M. Jamoliddinov so`zi:
- O`zbek  adabiyoti fakulteti 303-guruhida “XX asr o`zbek adabiyoti tarixi” fanidan “XX asr o`zbek adabiyoti tarixi” fanidan  «Abdulla Qodiriy romannnavis”  mavzusida  2 soatlik ochiq seminar mashg`ulotini o`tdi. Abdulla Qodiriy romannnavis mavzusiga rejalar, adabiyotlar ro`yxati, tayanch tushunchalar slayd orqali ko`rsatildi. Kirish qismida vatan tuyg`usi daqiqalari o`tkazildi. Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari o`zaro taqqoslanib, qiyosiy tahlilga tortildi. Talabalar gurhlarga bo`linib, “Venn diogrammasi”, “SVOT”, “Klaster”, xronologik jadvaldan foydalanildi.
  Dosent M. Hoshimova so`zi:
       ---O`qituvchi darsga yaxshi tayyorgarlik ko`rgan. YAngi adabiyotlar, ilmiy va badiiy asarlarni talabalarga havola etgan. Hozirgi zamonaviy pedtexnologiyalardan kerakli o`rinlarda foydalandi. Dars rejasi quyidagicha:
1. Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining yaratilish tarixi.
2. Romanlarning g`oyaviy badiiy xususiyatlari.
3. “O`tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarida obrazlar tizimi.
4. “O`tgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining tarbiyaviy ahamiyati.
O`qituvchi adabiyotlar har bir adabiyotga ta`rif berdi, misollar keltirdi. 
Seminar avvalida va keyin ham Prezident asarlaridagi fikrlardan o`rinli ravishda foydalandi. Seminar davomida talabalarni faollashtira oldi. 
F.f.n., dosent M. Siddiqov so`zi:
     -Seminar mashg`uloti reja asosida  asosida olib borildi. Rejaning 2 qismi  qisqaroq bayon qilindi. 
A. Qodiriyning nasriy asarlari haqida fikr bildirildi va tahlil etildi. Tarixiy asar va jahon adabiyotidagi shu tipdagi asarlar haqida fikrlar berilgani maqsadga muvofiq bo`ldi. Dars so`ngida talabalar reyting ball asosida baholandilar. Xullas, dars oliy ta`lim talablariga javob beradi.
O`zbek tili va adabiyoti a`zosi M. Saidakbarova va N.Xolmatovalar  ham yuqoridagi fikrlarga qo`shildi.
  Yig`ilish qaror qiladi:
1. O`zbek adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi G. Oripovaning o`zbek tili va adabiyoti fakulteti 303- guruhida “XX asr o`zbek adabiyoti tarixi” fanidan «Abdulla Qodiriy romannnavis”  mavzusida  2 soatlik ochiq seminar “yaxshi” deb baholansin.
2.  YUqorida  ko`rsatib  o`tilgan juz`iy kamchiliklarni bartaraf etish o`qituvchi        zimmasiga yuklatilsin
 
Yig`ilish raisi:             M. Jamoliddnov
      Kotiba:                        N.Xolmatova