O`zbek adabiyoti kafedrasi dosenti B.Abdurahmonovaning o`zbek tili va adabiyoti fakulteti 401- guruhida O`zbek tili va adabiyoti o`qitishning innovasion pedagogik texnologiyalari fanidan Badiiy asarning obrazlar tizimiga oid jadval va ko`rgazmali quroll
11 2017

 O`zbek adabiyoti kafedrasi dosenti B.Abdurahmonovaning  o`zbek tili va adabiyoti fakulteti 401- guruhida O`zbek tili va adabiyoti o`qitishning innovasion pedagogik texnologiyalari fanidan “Badiiy asarning obrazlar tizimiga oid jadval va ko`rgazmali qurollar tuzish” mavzusida o`tgan 2 soatlik ochiq amaliy mashg`uloti muhokamasi yuzasidan o`tkazilgan yig`ilish

BAYONNOMASI
 
Qo`qon shahar                                                                  19- dekabr  2016
Qatnashdilar: O`zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, dosent A. Hasanov, institut uslubiy Kengash uslubchisi O`. Yo`ldoshev, katta  o`qituvchi T. Toshboltaeva, o`qituvchi N. Xolmatova
 
Kun tartibi: 
1. O`zbek tili va adabiyoti o`qitishning innovasion pedagogik texnologiyalari fanidan “Badiiy asarning obrazlar tizimiga oid jadval va ko`rgazmali qurollar tuzish” mavzusida kuzatilgan  ochiq  amaliy mashg`ulot muhokamasi.
Eshitildi:
     Yig`ilishni o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dosent M. Jamoliddinov ochdi va so`zni  fan o`qituvchisi B.Abdurahmonovaga berdi.
Dosent B.Abdurahmonova  so`zi:
      - Men o`zbek tili va adabiyoti fakulteti  401- guruhida O`zbek tili va adabiyoti o`qitishning innovasion pedagogik texnologiyalari fanidan “Badiiy asarning obrazlar tizimiga oid jadval va ko`rgazmali qurollar tuzish” mavzusida 2 soatlik ochiq amaliy mashg`ulotini o`tdim. Amaliy mashg`ulot orqali umumta`lim maktablari, AL hamda KHK adabiyot dasturlari kiritilgan badiiy asar obrazlar tizimini o`rganishda innovasion yondashuv malakasini hosil qilishni maqsad qilib olgan edim. Dastlab talabalarda badiiy obraz va uning turlari to`g`risidagi nazariy ma`lumotlarni aniqlashga harakat qildim. Bunda “KZIX”, “Tushunchalar tahlili”, “T” chizmasi, “MOZAIKA”, “Sirli raqam”, “Alifbogramma” usullarini qo`lladim.  Darsda o`z oldimga qo`yilgan maqsadimga erishdim. Talabalar ilmiy-nazariy ma`lumotlarni amalda qo`llay olish imkoniyatini ega ekanliklarini ko`rsatdilar.
Dosent  A. Hasanov so`zi:
- O`qituvchi darsga yaxshi tayyorgarlik ko`rgan. Menga yoqqan tomonlari shu bo`ldiki, o`qituvchi va talabalar tomonidan maktab, AL, KHK adabiyot darsliklariga  kiritilgan asarlar tahlilga olingan. Amaliy mashg`ulotda talabalar badiiy obrazlarni tahlil qilishda mustaqil ravishda interfaol usullardan foydalanishlari mavzuni yaxshi o`zlashtirganliklaridan dalolat beradi. Dars oliy ta`lim talablari darajasida tashkil etildi. Darsning barcha bosqichlari o`z o`rnida bajarildi. Darsni “namunali” deb baholayman.
 
O`qituvchi N. Xolmatova so`zi:
     -  Amaliy mashg`ulot reja asosida   olib borildi. Darsda ta`limning interfaol usullaridan o`rinli foydalanildi. 
Darsda talabalarda badiiy asarning obrazlar tizimiga oid jadval va ko`rgazmali qurollar tuzishni o`rganishda  innovasion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish malakasini hosil qildilar. O`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishdi. Darsni “namunali” deb baholashni taklif qilaman.
Katta o`qituvchi T. Toshboltaeva so`zi:
    -- “Badiiy asarning obrazlar tizimiga oid jadval va ko`rgazmali qurollar tuzish” mavzusida 2 soatlik ochiq amaliy mashg`ulotini kuzatdim. Amaliy mashg`ulot davomida talabalar bilan faol ishlandi. Darsning barcha bosqichlari o`z o`rnida barildi. 
Yig`ilish qaror qiladi:
1. O`zbek tili va adabiyoti fakulteti  401- guruhida O`zbek tili va adabiyoti o`qitishning innovasion pedagogik texnologiyalari fanidan  “Badiiy asarning obrazlar tizimiga oid jadval va ko`rgazmali qurollar tuzish” mavzusida 2 soatlik ochiq amaliy mashg`uloti  “namunali” deb baholansin.
2.  Mazkur amaliy mashg`ulot ishlanmasini umumta`lim maktablari ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilariga etkazish vazifasi B. Abdurahmonova zimmasiga etkazilsin.
 
 
 
Yig`ilish raisi:                       M. Jamoliddinov
Kotiba:                                     N.Xolmatova