Pedagogika fakulteti

 PEDAGOGIKA FAKULTETI

Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti tarkibida pedagogika fakulteti "Maktabgacha tarbiya guruhi" sifatida 1935 yildan o`z faoliyatini boshlagan. O`sha davrda fakultetning 1-kursiga 20 nafar talaba qabul qilingan bo`lib, maktabgacha ta`lim muassasalariga oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlab berish bo`yicha Farg`ona vodiysida yagona, respublikada ikkinchi ilm dargohi hisoblangan. Fakultet tarixida O.Muhammadjonov, Z.A.Kalonxo`jayeva, B.Ibragimov, N.Yoqubov, M.M.Hoshimova, O`.Toshtemirov, L.Zohidov, R.Hoshimov, S.To`ychiyev, S.Obidjonova, N. Erkaboyeva, G`. Najmiddinov kabi professor-o`qituvchilarning xizmatlari katta bo`lgan.

Pedagogika fakulteti 1998- yilda boshlang`ich ta`lim metodikasi va pedagogika psixologiya fakultetlari negizida kengaytirildi. 2005-yil sentyabr oyida musiqiy ta`lim yo`nalishi ham pedagogika fakulteti tarkibiga qo`shildi.

 O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2015 yil 28 fevraldagi 52-sonli buyrugiga ko`ra fakultet tarkibiy tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritildi.

Fakultetga 1998-2005 yillarda N.Erkaboyeva, 2005-2008 yillarda dotsent I.P.Po`latov dekanlik qilgan.

Ayni paytda fakultetni p.f.d. N.Erkaboyeva boshqarib kelmoqda.

Fakultetda 5 ta ta`lim yo`nalishida 887 nafar talaba tahsil olmoqda.

Fakultetda:

5110800-tasviriy san`at va muhandislik grafikasi

5111900-defektologiya

5112100-mehnat ta`limi

5140800 - pedagogika - psixologiya,

5141000 - musiqiy ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.

Fakultetda mazkur ta`lim yo`nalishlariga quyidagi mutaxassislik kafedralari xizmat ko`rsatmoqda: pedagogika va psixologiya, mehnat ta`limi, musiqiy ta`lim, defektologiya. Kafedralarda 69 nafar professor - o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqda. Bulardan 1 nafari fan doktori, 8 nafari fan nomzodi, dotsentlar, 1 nafari fan nomzodi katta o`qituvchi, 16 nafari katta o`qituvchi, 43 nafari o`qituvchi.

Fakultet professor - o`qituvchilarining ilmiy salohiyati 15,5 %ni tashkil etadi.

Fakultetda yangi pedagogik texnologiyalar va innavatsion metodlarni targ`ib etish markazi faoliyat ko`rsatmoqda, uchta kompyuter sinfi ishlamoqda.