Tarix fakulteti

 Tarix fakulteti

Tarix fakulteti Qo`qon Davlat Pedagogika institutining nufuzli va o`z an`analariga ega bo`lgan fakultetlaridan hisoblanadi. 1954 yilda Qo`qon Xotin-qizlar instituti pedagogika institutiga aylantirilgach, tarix-filologiya mutaxassislarini tayyorlash ishlari boshlandi. SHu davrdan boshlab, o`qitish kunduzgi va sirtqi ta`lim shaklida amalga oshirilgan. 1967 yildan boshlab tarix-geografiya mutaxassisligi bo`yicha ta`lim tarbiya ishlari olib borilgan. 1974 yildan tarix-geografiya mutaxassisligi faqat sirtqi ta`lim tarzidan amalga oshirilgan. 1991 yildan tarix, inson va jamiyat o`qituvchisi mutaxassisligi bo`yicha kunduzgi bo`limiga ham talabalar qabul qilingan. 1993-1998 yillarda tarix, inson va jamiyat qo`shimcha iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari o`qituvchisi mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayorlangan. 1994-1999 yillarda tarix, inson va jamiyat o`qituvchisi va huquq asoslari o`qituvchilar mutaxassislari tayorlangan.    1998 yilda tarix fakulteti o`zbek tili va adabiyoti fakultetidan ajralib chiqqan. SHu davrda fakultetda “Umumiy tarix” kafedrasi faoliyat yuritgan. 2003 yilda tarix fakulteti qoshida 5141500 Milliy istiqlol g`oyasi, xuquq va ma`naviyat asoslari yo`nalishi bo`yicha talabalarni o`qishga qabul qilish boshlangan. 2004 yildan Tarix fakulteti tashabbusi bilan “Qo`qon asrlar silsilasida” mavzusida respublika ilmiy-nazariy anjumani o`tkazildi. 2006 yilda tarix mutaxassisligi bo`yicha magistratura o`z faoliyatini boshladi.  2008 yilda fakultet tarkibiga “O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Falsafa” kafedralari kiritildi. 5140600 Tarix, 5141500 Milliy istiqlol g`oyasi, xuquq va ma`naviyat asoslari yo`nalishlari bo`yicha talabalar o`qitildi. 2011 o`quv yilidan boshlab  5110600 Tarix o`qitish metodikasi, 5111500 Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari  va huquq ta`limi yo`nalishi bo`yicha talabalar bakalavriyatga o`qishga qabul qilindi. Fakultet talabalaridan Nizomov A, Maqsudova M, Ro`ziqulova M, Surobova R lar Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi soxiblari bo`lishdi.  Bugungi kunda fakultet qoshida ikkta ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Tarix yo`nalishi bo`yicha 426 nafar, Miliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi bo`yicha 317 nafar, jami 743 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. Tarix mutaxassisligi bo`yicha magistratura mavjud. Unda 15 nafar magistrantga ilm-fan asoslari o`rgatilmoqda. Fakultet qoshidagi mavjud 4 ta kafedrada jami 71 nafar professor-o`qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar, ulardan fan doktorlar 1 ta, fan nomzodalari 12 ta, magistrlar 15 ta, katta o`qituvchilar 8 ta, yosh o`qituvchilar 51 ta.   Fakultetga turli davrda E.Qodirov, M.Qaxxorov, A.Dexqonov, M.Aminova, I.Yo`ldashev, R.Qodirov, Q.Akbarovlar rahbarlik qildilar. 2012 yil sentyabr oyidan boshlab falsafa fanlari nomzodi M.K Temirboev dekan lavozimida faoliyat olib bormoqda.