Chet tillar fakulteti

FAKULTET TARIXI
Filologiya fakulteti 2015 yil 25 mart oyidan boshlab CHet tillar fakulteti deb nomlana boshlandi. Filologiya fakulteti institutning eng to`ng`ich va o`ziga xos anüanalarga ega bo`lgan fakulütetlaridan hisoblanadi. Uning tarixi 1931-32 o`quv yilida filologiya fakulteti sifatida tashkil topishidan boshlandi. Dastlab fakulütet o`zbek tili va adabiyoti hamda rus tili va adabiyoti bo`limlaridan iborat bo`lgan. 1939 yilda esa o`zbek tili va adabiyoti bo`limi mustaqil fakulütetga aylangan. 1951-54 yillarda fakulütetda tojik tili va adabiyoti bo`limi faoliyat ko`rsatgan. Bu bo`lim Marg`ilon o`qituvchilar insititutidan ko`chirib keltirilgan edi. 1954 yilda O`qituvchilar instituti pedagogika institutiga aylantirilganidan so`ng fakulütetda tarix-filologiya mutaxassisliklari bo`yicha o`qituvchilar tayyorlandi.
          1974-1991 yillarda tarix mutaxassisligi faqat sirtqi bo`lim yo`nalishida tayyorlandi. 1991-1997 yillarda fakulütetda yana tarix-filologiya yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlandi.  1997 yilda tarix fakulteti alohida tashkil etilgach, yana o`zbek tili va adabiyoti fakulteti faoliyat ko`rsata boshladi.
          1963-1996 yillarda rus tili va adabiyoti fakulteti, 1964-1976 yillarda ingliz tili va adabiyoti fakulütetlari alohida-alohida faoliyat ko`rsatgan. 1996 yilda rus tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti yo`nalishlari negizida xorijiy tillar fakulteti tashkil topdi.
          2005 yil 26 avgustda o`zbek tili va adabiyoti hamda xorijiy tillar fakulütetlari birlashtirilib, filologiya fakulteti tashkil qilindi. Fakulütetda beshta kafedra mavjud: o`zbek tilshunosligi, o`zbek adabiyoti, rus filologiyasi, ingliz filologiyasi, chet tillar. Bu kafedralarda taniqli olimlar: filologiya fanlari doktori, professorlar I.Rasulov, S,Erkinov, N.Mamatov, O.Bozorov, R.S.Akopyan, fan nomzodlari va dosentlar N.Davron, B.Madaliev, M.Hoshimova, O.Sobirov, L.Zohidov, D.Rahmatova, O.To`raqulov, N. Abdullaev, J.Abdullajonova, N.Oxunov, N.Po`latov, I.Po`latov, R.SHukurov, I.Bekmurodov, R.Saidova, M.Abdullaev, R.O`lmasov, I.Rasulov, Q.Nishonboev, M.Rasulova, P.Qosimov, O.Oxunov, H.Boyqo`ziev, M.Solieva, YU.A.Xaratüyans, G.Sidnev, Z.Abbosova, N.Nazarov, S.Karimova, R.Tojiboev, M.Siddiqov, M.Jamoliddinov, B.Abdurahmonova, G.Saidg`anieva, Z.Qobilova, D.Zohidova, M.Tojiboeva, I.Madrahimov, M.Boshmonov, O.To`xtasinova, SH.Akramov, A.Hasanov, M.Ergashova, D.Hasanova, O.O.Bozorov va boshqalar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borganlar va olib bormoqdalar.
       Mustaqillik yillari fakulütetda talaba qabul qilish rejasi muntazam ravishda o`sib bordi. Talabalarga o`zbek tili va adabiyoti o`qituvchisi ixtisosligidan tashqari rus maktablarida o`zbek tili va adabiyoti o`qituvchisi, o`zbek yozuvi, odobnoma o`qituvchisi kabi qo`shimcha ixtisosliklar ham berildi. 1995 yildan boshlab ingliz tili va adabiyoti o`qituvchilarini ham tayyorlashga kirishildi.
       O`tgan davr mobaynida fakultetni 12000 dan ziyod talaba tamomlagan. Sobiq talabalar orasida taniqli muallimlar, olimlar, yozuvchi va shoirlar bor. Jumladan, professor I.Rasulov, O.Bozorov, dosentlar L.Zohidov, J.Abdullajonova, S.Nabieva, H.Xalilov, I.Po`latov, I.Sulaymonov, A.Boltaboev, A.Dehqonov, J.Qo`ziev, M.Olimova, I.I.Rasulov, M.Rasulova, SH.Akramov, N.Nazarov, R.Tojiboev, I.Madrahimov va boshqa ko`plab ilm-fan zahmatkashlari, Ergash Abdullo, Komil Jo`ra, Farida Bo`taeva, Said Muqimov, O`rmon Omonov, Mavluda Avazova, Dilbar Hamzaxo`jaeva kabi yozuvchi va shoirlar fakultetimizda taülim olganlar.
      Fakulütetda turli yillar G.A.Pelisov, Nasrullo Davron, T.D.Minubaev, I.D.Savelüzon, M.Hoshimova, M.Abdullaev, R.S.Akopyan, E.Qodirov, R.Mo`ydinov, O.Oxunov, M.Ahmedov, R.O`lmasov, M.Rasulova, V.Akramov, J.Abdullajonova, A.Dehqonov, R.Tojiboev, M.Jamoliddinov, I.Madrahimovlar dekan bo`lib ishlaganlar.

      2013-2015 yil mart oyiga qadar bu lavozimda filologiya fanlari nomzodi O.O.Bozorov ishlab keldi. 2015 yil 28 fevraldagi “Institutning yangi tarkibiy tuzilmasini tuzish to`g`risida” gi ¹ 52 –sonli buyrug`i tashkil etildi. Bunga ko`ra Filologiya fakulteti degan nom CHet tillar fakulütet degan nomga o`zgartirildi va O`zbek tili va adabiyoti aloxida fakulütet sifatida ajralib chiqdi.