Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti

 Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti haqida ma`lumot

Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat  pedagogika instituti maktabgacha va boshlang`ich ta`lim Fakulteti institut rektorining 2015 yil 25 mart “Institutning yangi tarkibiy tuzilmasini tasdiqlash buyrug`iga qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi № 126-U sonli buyrug`i bilan tashkil etildi.

Fakultet dekani: Maqsudov Muzaffar Saminjonovich, kimyo fanlar nomzodi, dosent.

O`quv ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari:     Parpiev Odil Olimovich, katta o`qituvchi

Ma`naviy-axloqiy tarbiya ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari:   Marayimov Alisher Ahmedovich, katta o`qituvchi

Fakultetda 2 ta ta`lim yo`nalishi mavjud:

1.  5111700 – “Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish”

2.   5111800 – “Maktabgacha ta`lim”

Fakultet tasarrufida 3 ta kafedra mavjud:

1.                Boshlang`ich ta`lim metodkasi:                                        Kafedra mudiri: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna

2.                Maktabgacha ta`lim:                                                           Kafedra mudiri: Muxammedieva Sayyora Rinatovna

3.                Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi:             Kafedra mudiri: Umarova Muqaddas Muxtarovna

Fakultetdagi talabalar soni: 396 nafar. SHulardan 388 nafari qizlar,  8 nafari o`g`il bolalardir.

         Fakultetda o`quv jarayoni me`yoriy talablar asosida  tashkil etilgan bo`lib, darslarda talabalarning ishtiroki o`rtacha 98,6% ni tashkil qiladi.

         Fakultet professor-o`qituvchilari darslarda turli innovasion usullarni qo`llab, dars samaradorligini oshirishga hissa qo`shmoqdalar. Fakultetda iqtidorli o`qituvchilar va talabalarning ta`limdagi  tashabbuskorligini oshirish maqsadida “Boshlang`ich ta`lim markazi” tashkil etildi. Markaz boshlig`i etib BTM kafedrasi katta o`qituvchisi filologiya fanlar nomzodi A.To`raxo`jaeva tayinlandi. Markazning asosiy vazifasi professor-o`qituvchilar va talabalardan olingan yangi g`oyalarni ta`limga joriy etish va uni ommalashtirishdir.

         Fakultetda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Farg`ona viloyati hamda Qo`qon shahar hokimliklari tomonidan yuborilgan buyruqlar,  modemogrammalar ijrosiga doir institut rektorining buyruqlari monitoringi yo`lga qo`yilgan.

O`zbekiston Respublikasi  Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining  2012 yil 30 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarini o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ – 1875-sonli qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida”gi 512-sonli buyrug`ida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida Fakultet va uning tasarrufidagi kafedralarda  bir qator ishlar olib borilmoqda. Mazkur masala bo`yicha kafedralarda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo`lib, uning ijrosi ta`minlanib kelinyapti.

Fakultetda oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2013 yil 10 sentyabrdagi 231-sonli buyrug`i asosida tasdiqlangan  “Oliy ta`lim tizimiga axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish konsepsiyasi” asosida professor-o`qituvchilar va talabalarning  axborot kommunikasion texnologiyalarni o`rganish sohasidagi bilim, malakalarini oshirish bo`yicha  ijobiy ishlar amalga oshirib kelinyapti.

Fakultetda o`quv yili davomida o`tkaziladigan tadbirlar jarayonida quyidagi vazifalar majmuasi ma`naviy-axloqiy tarbiya uchun asos qilib belgilangan:

1. Talaba-yoshlarga kasbiy bilimlar berish bilan cheklanib qolmasdan, ularning ma`naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, milliy va umuminsoniy  qadriyatlar bilan oshno etuvchi, shaxsiy sifatlarni qaror toptiruvchi tadbirlarni amalga oshirish.

2. Prezident I.A.Karimov  asarlarida, nutq va maqolalarida barkamol avlod konsepsiyasini, uning ma`naviy-axloqiy jihatlariga e`tibor masalasini batafsil tushuntirish.

3.   Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini targ`ib qilish, xususan, xalq ta`limi tizimidagi yangiliklarni tezkor tarzda etkazish.

4. Talaba-yoshlar orasida siyosiy hushyorlikni oshirish, ogohlik, tinchlik, hamjihatlik kabi g`oyalarni keng targ`ib qilish.

5.  Milliy istiqlol g`oyalarini targ`ib qilish, mustaqilligimiz mohiyatini, uning istiqboli va yaratilgan imkoniyatlarni  talaba-yoshlar qalbiga chuqur singdirish.

6.  Talaba-yoshlar o`rtasida sportning ahamiyatini tushuntirish, sog`lomlashtiruvchi tadbirlar salmog`ini oshirish, sog`lom turmush tarzi falsafasini hayotiy ehtiyoj darajasiga ko`tarish.

7. YUrtimiz va jahonda ro`y berayotgan voqea-hodisalar to`g`risidagi axborotlar talqinini ob`ektiv shaklda to`g`ri etkazish, siyosiy madaniyatni qaror toptirish.

8.  Akademik guruhlarda sog`lom ma`naviy-muhitni shakllantirish, talaba-yoshlarni madaniy merosimiz, urf-odatlarimizga  nisbatan e`tiqodini oshirish.

9.   Bo`lajak mutaxassis shaxsida insonparvarlik, hamjihatlik va hamkorlik fazilatlarini qaror toptirish.