Tabiiy fanlar fakulteti

                      FAKULTET TARIXI

 

Fakultet 1998 yil 4 iyulda institut rektorining 56-U sonli buyrug`i asosida Umumtexnika fakultetidan ajratildi va mustaqil “Kimyo-geografiya” fakultet sifatida faoliyat boshladi. 2005 yilda OAK taklifiga ko’ra “Kimyo-biologiya” fakultet qilib o’zgartirildi. 2011 yildan Vazirlar Maxkamasining qarori bilan fakultet nomi “Tabiiyot va geografiya” fakulteti deb o’zgartirildi. 2015 yil  mart oyidan boshlab fakultet “Tabiiy fanlar fakulteti” nomi bilan yuritilmoqda.

Dastlab unga 1998-2003 yillarda k.f.n. V. Xo’jaev rahbarlik qilgan. Fakultetga 2003-2005 yillarda k.f.n. M. Maqsudov, 2006 yil b.f.n. S. Meliboev, 2006-2009 yillarda b.f.n. S. Abdunazarov, 2010-2013 yillarda k.f.n. M. Maqsudovlar rahbarlik qilgan.  2013 yil 10 iyuldan boshlab k.f.d. V.U. Xo’jayev rahbarlik qilmoqda.

Fakultet yangi tashkil topgan paytda 205 nafar talaba mavjud bo`lib, ular kimyo-biologiya va geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta`lim yo`nalishlarida o`qiganlar. 1999-2000 o`quv yilida fakultetga birinchi marta kimyo, biologiya va geografiya ta`lim yo`nalishlari bo`yicha jami 93 nafar (51 nafar grant, 42 nafar shartnoma asosida) talabalar qabul qilingan. 2001-2002 o`quv yilida 135 nafar talabalar (55 nafar grant asosida, 80 nafar sharntnoma asosida) kimyo-ekologiya, biologiya va inson hayot faoliyati havfsizligi hamda geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta`lim yo`nalishlari bo`yicha qabul qilinganlar.

2011-2012 o’quv yilidan boshlab “Tabiiyot va geografiya” fakultetiga “5110300-Kimyo o’qitish metodikasi”, “5110400-Biologiya o’qitish metodikasi”, “5110500-geografiya o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishlariga jami 242 nafar talaba qabul qilindi.

Hozirda fakultetda 756 nafar talaba mavjud bo’lib, ularga 55 nafar professor-o’qituvchilar ta’lim va tarbiya bermoqdalar. Ulardan 2 nafari fan doktori (1 nafari professor), 15 nafari fan nomzodlari (7 nafari dosentlar)dir.

Hozirgi kunda fakultet tarkibida 3 ta kafedra faoliyat yuritmoqda:

1.                 Kimyo o`qitish metodikasi

2.                 Biologiya o`qitish metodikasi

3.                 Geografiya o`qitish metodikasi kafedralari