O`zbek tili va adabiyoti fakulteti

 O`zbek tili va adabiyoti fakulteti

 

          O`zbek tili va adabiyoti fakulteti institutning eng to`ng`ich va o`ziga xos an`analarga ega bo`lgan fakultetlaridan hisoblanadi. Uning tarixi 1931-32 o`quv yilida filologiya fakulteti sifatida tashkil topishidan boshlandi. Dastlab fakulьtet  o`zbek tili va adabiyoti hamda rus tili va adabiyoti bo`limlaridan iborat bo`lgan. 1939 yilda esa o`zbek tili va adabiyoti bo`limi mustaqil fakulьtetga aylangan. 1951-54 yillarda fakulьtetda tojik tili va adabiyoti bo`limi faoliyat ko`rsatgan. Bu bo`lim Marg`ilon o`qituvchilar insititutidan ko`chirib keltirilgan edi. 1954 yilda O`qituvchilar instituti pedagogika institutiga aylantirilganidan so`ng fakulьtetda tarix-filologiya mutaxassisliklari bo`yicha o`qituvchilar tayyorlandi. 1974-1991 yillarda tarix mutaxassisligi faqat sirtqi bo`lim yo`nalishida tayyorlandi. 1991-1997 yillarda fakulьtetda yana tarix-filologiya yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlandi.  1997 yilda tarix fakulteti alohida tashkil etilgach, yana o`zbek tili va adabiyoti fakulteti faoliyat ko`rsata boshladi.   2005 yil 26 avgustda o`zbek tili va adabiyoti hamda xorijiy tillar fakulьtetlari birlashtirilib, filologiya fakulteti tashkil qilindi. 2015 yil mart oyidan esa o`zbek tili va adabiyoti fakulteti yana alohida faoliyat ko`rsata boshladi. Fakultetda ikkita kafedra mavjud: o`zbek tili va o`zbek adabiyoti. Bu kafedralarda taniqli olimlar: filologiya fanlari doktori, professorlar I.Rasulov, S,Erkinov, N.Mamatov, O.Bozorov, fan nomzodlari va dosentlar N.Davron, B.Madaliev, M.Hoshimova, O.Sobirov, L.Zohidov, D.Rahmatova, O.To`raqulov, N. Abdullaev, J.Abdullajonova, N.Oxunov, N.Po`latov, I.Po`latov, R.SHukurov, I.Bekmurodov, R.Saidova, N.Nazarov, S.Karimova, R.Tojiboev, M.Siddiqov, M.Jamoliddinov, B.Abdurahmonova, G.Saidg`anieva, Z.Qobilova, D.Zohidova, M.Tojiboeva, I.Madrahimov, M.Boshmonov, O.To`xtasinova, SH.Akramov, A.Hasanov, M.Ergashova, D.Hasanova, O.O.Bozorov va boshqalar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borganlar va olib bormoqdalar. Mustaqillik yillari fakulьtetda talaba qabul qilish rejasi muntazam ravishda o`sib bordi. Talabalarga o`zbek tili va adabiyoti o`qituvchisi ixtisosligidan tashqari rus maktablarida o`zbek tili va adabiyoti o`qituvchisi, o`zbek yozuvi, odobnoma o`qituvchisi kabi qo`shimcha ixtisosliklar ham berildi.  O`tgan davr mobaynida fakulьtetni 10000 dan ziyod talaba tamomlagan. Sobiq talabalar orasida taniqli muallimlar, olimlar, yozuvchi va shoirlar bor. Jumladan, professor I.Rasulov, O.Bozorov, dosentlar L.Zohidov, J.Abdullajonova, S.Nabieva, H.Xalilov, I.Po`latov, I.Sulaymonov, A.Boltaboev, A.Dehqonov, J.Qo`ziev, M.Olimova, I.I.Rasulov, M.Rasulova, SH.Akramov, N.Nazarov, R.Tojiboev, I.Madrahimov va boshqa ko`plab ilm-fan zahmatkashlari, Ergash Abdullo, Komil Jo`ra, Farida Bo`taeva, Said Muqimov, O`rmon Omonov, Mavluda Avazova, Dilbar Hamzaxo`jaeva kabi yozuvchi va shoirlar fakultetimizda taьlim olganlar.

           Fakultetda turli yillar G.A.Pelisov, Nasrullo Davron, T.D.Minubaev, I.D.Savelьzon, M.Hoshimova, M.Abdullaev, R.S.Akopyan, E.Qodirov, R.Mo`ydinov, O.Oxunov, M.Ahmedov, R.O`lmasov, M.Rasulova, V.Akramov, J.Abdullajonova, A.Dehqonov, R.Tojiboev, M.Jamoliddinov, I.Madrahimovlar dekan bo`lib ishlaganlar.

           2013 yil 9 iyuldan buyon bu lavozimda filologiya fanlari nomzodi O.O.Bozorov ishlab kelmoqda.