Ilmiy tadqiqotlar

 

Ilmiy tadqiqotlar
2012 yilda 10 ta nomzodlik dissertasiyalari himoyasi rejalashtirilgan bo`lib , ulardan  4 tasi muvafaqiyatli himoya qilindi, bular: 
-BTM kafedrasi o`qituvchisi A.To`raxo`jaeva 10.02.01-o`zbek tili ixtisosligi bo`yicha “Mustaqillik sharoitida o`zbek tili ijtimoiy-siyosiy leksikasining taraqqiyoti” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini 18 mayda;
-Umumiy psixologiya-pedagogika kafedrasi o`qituvchisi D.Solieva 19.00.07-pedagogik psixologiya ixtisosligi bo`yicha “Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar o`quv mustaqilligini rivojlantirishning psixologik jihatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini 29 mayda;
-Umumiy biologiya kafedrasi o`qituvchisi SH.Toshmatova 03.00.09-entomologiya ixtisosligi bo`yicha   “Ohangaron vohasi afidofaunasining (Homoptesa, Aphidea) transformasiyasi” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini 30 mayda   
- Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o`qituvchisi D.Mo`minov 11.00.02-Iqtsodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosligi bo`yicha “Qishloq joylarning geoekologik-xo`jalik holati va uni takomillashtirish yo`llari (Farg`ona viloyati misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini 13 sentyabr    2012 yilda Toshkent shahrida muvaffaqiyatli himoya qildilar. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi fan-texnika taraqqiyotining ustivorliklari doirasida 2013-2014 yillarga bajarilishi mo`ljallangan innovasiya loyihalari tanloviga institut olimlari tomonidan tayyorlangan    2 ta   “Maxsus ta`lim muassasalari defektolog-o`qituvchi va tarbiyachilarning innovasion faoliyatini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari”- I1-XT-0-4120, ilmiy rahbar f.f.n., dosent v.b. D.Xodjaeva rahbarligida hamda “Oqova suvlarni biologik tozalash va ulardan dexqonchilikda foydalanish” – I5-XT-1-14412, ilmiy rahbari b.f.n., katta o`qituvchi R.Muminova rahbarligklaridagi innovasion loyihalarini  taqdim etdilar.
Institutda joriy yilda    1 ta patent, 1 ta darslik, 3 ta monografiya, 1 ta o`quv qo`llanma (grif bilan) 57 ta o`quv va o`quv-uslubiy qo`llanmalar, 3 ta ilmiy-uslubiy maqolalar to`plami nashr ettirildi. Professor-o`qituvchilarning nufuzli jurnallar va to`plamlarda e`lon qilingan maqolalari soni 497 tani tashkil etdi. 250 nafar professor-o`qituvchi 140 respublika va 17 ta xalqaro miqyosda o`tkazilgan konferensiyalarda ishtirok etdi. CHet el jurnallarida 5 ta ilmiy maqola nashr ettirildi.
 “O`zbekiston madaniyati va san`ati Forumi” jamg`armasi tomonidan o`tkazilgan o`quv jarayonida pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish va joriy etish bo`yicha eng yaxshi loyihalar tanlovining   2-yo`nalishida g`olib bo`lgan Tibbiy bilim asoslari kafedrasi mudiri Dilfuza Ibragimovaga 2012 yilning 9 oyi davomida 100,0 ( yuz) ming so`mdan   mukofot puli to`landi.
Institut professor-o`qituvchilari O`zbekiston bo`yicha e`lon qilingan turli grant va loyihalar dasturlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Joriy yilning 7 mart kuni A.Avloniy nomidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida institut rahbariyati ishtirokida Malayziyaning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan davra suhbati bo`lib o`tdi. Unda institutning faoliyati yuzasidan prezentasiyalar tashkil etildi (ingliz tilida).
     Institutda muntazam ravishda professor-o`kituvchilar va talabalarga turli loyiha va grantlarda qatnashish bo`yicha turli seminar-treninglar olib borilmokda.
Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i Zebo Isaqovani Tempus dasturi    doirasida «Sotrudnichestvo universitetov so sferoy biznesa (delovmi krugami)»/«University – Business cooperation» mavzusidagi Ochiq Bryussel (Belgiya) universitetida o`tkaziladigan o`quv seminarida ishtirok etishi uchun 2012 yil 30 sentyabrdan – 4 oktyabrgacha 5 (besh) kun muddat bilan   Toshkent-Bryussel (Belgiya)-Toshkent yo`nalishi bo`yicha o`quv safariga yuborildi.
 Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i Z.Isaqovani Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 8-9 oktyabr kunlari o`tkaziladigan “Upravlenie kadrovmi resursami v sfere vsshego obrazovaniya” xalqaro mintaqaviy seminarda ishtirok etishi uchun 08.10.2012 yildan 2 (ikki) kun muddat bilan Toshkent    shahriga xizmat safariga yuborildi.
2012 yilda 1 nafar professor-o`qituvchi fan nomzodi darajasini, 3 nafar o`qituvchi dosentlik unvonini tasdiqlovchi xujjatlarini oldi, bular:
- o`zbek adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi G.Saidg`anieva filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini tasdiqlovchi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya Komissiyasi tomonidan berilgan    01 012893 / 26 yanvar 2012 yil registrasiya 183/1 - sonli bayonomasiga asosan, nomzodlik   diplomini oldi.
-umumiy biologiya kafedrasi o`qituvchisi, b.f.n. Mohiyat Axmadjonova Umumiy biologiya kafedrasi dosenti ilmiy darajasini tasdiqlovchi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya Komissiyasi tomonidan berilgan    03 006990 / 26 aprel 2012 yil registrasiya 186/1 - sonli bayonomasiga asosan, dosentlik    diplomini oldi. SHuningdek, B.Olimov, B.Abdurahmonovalar ham dosentlik unvonini oldilar. 
Talabalar olimpiadasi – iqtidorli yoshlarning oliy ta`lim dasturidagi fanlardan olgan bilim va kunikmalari, kasbiy tayyorgarligini oshirish, iqtidorli yoshlarni Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`rsatilgan vazifalar asosida maqsadli tayyorlash buyicha ommaviy ravishda o`tkaziladigan intellektual musobaqalardir.
Institut bo`yicha respublika II- tur olimpiadalarida mutaxassislik tanlovida 18 talaba, olimpiada    6 ta umumkasbiy va 12 ta mutaxassislik fanlari bo`yicha o`tkazildi hamda qo`yidagi natajalarga erishildi:   3 nafar iqtidorli talaba shaxsiy birinchilikda faxrli I, II, III - o`rinlarni egalladilar, shuningdek olimpiadaga mutasaddi oliy o`quv yurtlarining esdalik sovg`alari hamda 17 ta faxriy yorlig`i bilan taqdirlandilar. 2-tur Respublika olimpiadasining natijalari bo`yicha O`z R OO`MTVning 12 iyun 2012 yildagi 242-sonli buyrug`iga asosan iqtidorli talabalarni qo`llab-quvvatlash, ularga o`z bilimlarini namoyon etish va rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida Respublika talabalar olimpiadasining 2-bosqichida faxrli 1,2,3-o`rinlarni egallagan   talabalar hamda ularning ilmiy rahbarlarini moddiy va ma`avniy rag`batlantirish maqsadida   institut rektorining 16.06.2012 yildagi 134-U-sonli buyrug`i chiqarildi. Unga binoan: Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabasi Aminova Oygul   – 1 o`rin - yuqori stipendiyaning 5 (besh) karra miqdorida; Tabbiyot va geografiya fakulteti 4-bosqich talabasi Jabborova Maxliyo – 2 o`rin – yuqori stipendiyaning 4 (to`rt) karra miqdorida; Fizika-matematika fakulteti 1-bosqich talabasi Pozdeeva Valeriya – 3 o`rin - yuqori stipendiyaning 3 (uch) karra miqdorida va   ularning ilmiy rahbarlari Rasulova Matluba   – dosent, Jabbarov A`zamjon – dosent, Bozorov Oybek – katta o`qituvchi, bir oylik maoshi miqdorida moddiy rag`batlantirildilar.
2012 yil 18-22 sentyabr kunlari O`zR OO`MTV da O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga nomzodlari uchun test sinovlari va tanlov bakalavriat yo`nalishlari bo`yicha o`tkaziladigan tanlovda ishtirok etishlari uchun 18.09.2012 yildan 5 (besh) kun muddat bilan CHet tilar kafedrasi o`qituvchisi L.Ismoilova hamda fizika-matematika fakulteti 4-bosqich talabasi Ahmadalieva Marg`ubalarni Toshkent shahriga xizmat safariga yuborildilar. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 11 sentyabr 2012 yildagi 371-sonli bo`yrug`ining 5.2 bandiga asosan, fizika-matematika fakulteti 4-bosqich talabasi Ahmadalieva Marg`uba 100 (yuz) ming so`m hamda CHet tillar kafedrasi o`qituvchisi L.Ismoilova 100 (yuz) ming miqdorida moddiy yordam bilan ta`minlandilar.