Anjuman

 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 4 yanvardagi 87-03-21-sonli xatiga asosan   Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi SHermatov Eldorjon Yovmiddinovich hamda xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi  M.Najmiddinov va  tabiiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi O.Turdiboevlar bilan birga 2017 yilning 12-13 yanvar kunlari Toshkent moliya institutida “XXI-asr intellektual avlod asri” shiori ostida o‘tkaziladigan respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishlari  uchun xizmat safariga yuborildilar.

2. Navoiy davlat pedagogika institutining 08.02.2017 yildagi №88-87-203/03-sonli xatiga asosan O‘zbek adabiyoti kafedrasi dosentlari   Abduraxmanova Barnoxon Muxammadjonovna hamda Qobilova Zeboxon Bakirovna 2017 yil 11 fevral kuni o‘tkaziladigan  Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga  bag‘ishlangan “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanda  ishtirok  etish  uchun   2017  yil  11 fevralda xizmat safariga yuborildi.

3. O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 16.02.2017 yildagi №87-02-343 sonli modemnomasiga asosan  Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi  o‘qituvchilari Imomov Elyor Tuxtasinovich,  Juraeva Zulayxo SHamshiddinovna, Nazarova Ra’no Raximovna, Ismailova Xilola Inomovna hamda Qodirova Dilfuza Alisherovna 2017 yil 27, 28 fevral  va 1 mart kunlari PRESETT o‘quv dasturi bo‘yicha RIAIM tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan seminar-treningda  ishtirok  etish  uchun xizmat safariga yuborildi.

E’lon:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevral  126 -f-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yilda respublikada ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar o’tkazish to’g’risidagi rejasi bajarilishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston oliy ta’limi yuksalish yo‘lida” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya joriy yilning  28-29 mart kunlari Qo‘qon davlat pedagogika instituti (Qo‘qon DPI)da o‘tkaziladi