Yangiliklar

Furqat tumanidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch bosqichli ma’naviy tarbiyaning farzand tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi


Unda QDPI Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi X.Abdupattayev “Hozirgi zamon bilan hamnafas ma’naviy tarbiya mezonlari”, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Kurbanov “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlarning faolligini oshirishga qaratilgan omillar”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Furqat tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Valiyev “Uch bosqichli ma’naviy tarbiyaning farzand tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi.





Tadbirda umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va boshqa ijtimoiy soha vakillaridan iborat 70 nafardan ziyod ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar va tadbir zaruriy ilmiy munozaraga boy bo‘ldi.