Yangiliklar

Axborot-resurs markazida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi




Qo‘qon davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanga Qo‘qon davlat pedagogika instituti matbuot kotibi X.Muxtorov va “Yoshlar kelajagimiz” loyixaviy dasturining raisi J.Mirzayev taklif etildilar. Anjuman tinglovchilari axborot-resurs markazi xodimlari va Qo‘qon Neft va gaz sanoati kasb hunar kolleji talabalaridan iborat bo‘ldi. Anjumanni axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi M.Fozilova olib bordi. Anjumanda mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, investitsiyaning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. 





Anjuman davomida axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi I.Setsaliyeva tinglovchilarga “Investitsiya mamlakatimiz yuragi” mavzusida tavsiyalarni o‘qib eshittirdi. 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” mavzusidagi kitob ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.