Yangiliklar

“O`quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi


Rus tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchilari mazkur yilning 13 mart kuni akademik litsey o`qituvchilariga metodik yordam ko`rsatish maqsadida : “O`quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish”mavzusida seminar-trening tashkil etishdi.



So`zga chiqqan kafedra mudiri N.A.Kadirova o`quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o`quvchilarning ichki qobiliyatlarini ochishga, ularning mustaqil fikrlashlariga yanada keng imkoniyatlar ochib berishi va bu, ayniqsa, adabiyot darslarida yaxshi natijalar berishi haqida to`xtalib o`tdi.

Kafedra katta o`qituvchisi N.V.Goncharova taqdimotlar asosida “contrast” va “mental karta” metodlari haqida tushunchalar berdi.