Yangiliklar

Tarix fakultetida Xotin-qizlar boshlang‘ich qo‘mitasi tomonidan “Qizlar gulshani” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi




Tadbirni 303- TO‘M guruh talabasi Dilrabo Ismoilova olib bordi.Hakamlar xay’ati raisi: Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri f.f.nom. M.M.Aminova.

A’zolari: institut xotin-qizlar BT raisi Sh.Qarshieva, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri M.Yuldasheva, TO‘M kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Qambarova va Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi O.Sharipova.





Tanlov qatnashchilari:

1.                       Tarix fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 102-gurux talabasi  D.Yormanqulova

2.                       Tarix fakulteti Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi  101-gurux talabasi H.Ibragimova

3.                       Tarix  fakulteti Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 103-gurux talabasi M.Do‘stmatova

Tadbir dasturi quyidagicha tashkillandi.

1.Tanishuv. 

Talaba o‘zini, oilasini, fakultetini, guruhini tanishtirish. (5-7 minut)

2.Sahna ko‘rinishi.

“Ona – oila qo‘rg‘oni” mavzusini yoritib berish. (10 minut)

3.Bahoriy salat tayyorlash

(Talaba-qizlar biror-bir salatni tez va sifatli qilib tayyorlashadi). (10 minut)

4.Erkin mavzu.

Mazkur shartda ishtirokchi qizlarimiz o‘zlarini iqtidorini namoyish etadilar (7 minut)

Tadbir hammada qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi, iqtidorli talaba-qizlarimiz o‘z mahoratlarini, iqtidorlarini namoyon qildilar.             

Tadbir qatnashchilari quyidagi nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar:

1. Tarix fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 102-gurux talabasi  D.I.Yormanqulova–“Eng zukko qiz”

2. Tarix fakulteti Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi  101-gurux talabasi H.Ibragimova –  “Eng oqila qiz”

3. Tarix  fakulteti Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 103-gurux talabasi M.Do‘stmatova –“Eng iqtidorli qiz”       

        Tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari hamda fakultet dekanati tomonidan fahriy yorliqlar topshirildi.