Yangiliklar

Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik aloqalari o`rnatildi




Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Kelishuvga ko‘ra professorlar-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarni stajirovkaga yuborish, Marmara universiteti professorlarini dars jarayonlariga jalb etish, onlayn konferentsiyalar o‘tkazish hamda kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida yo‘nalishlar ochishni yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar muhokama qilindi.





Ma’lumot o`rnida, Marmara universiteti Turkiyadagi oliy ta’lim muassasalari ichida reytingi bo`yicha 16 o`rinda tursa, xalqaro tan olingan QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings tashkiloti tomonidan 2018 yilda e`lon qilingan oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro`yxatiga kiritilgan.