Institutda “Innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish
yoshlar jamoasi”ni tashkil etildi. Jamoa barcha fakultetlarda tahsil olayotgan
9 nafar talabadan iborat.
Hozirda jamoa tomonidan 20 dan ortiq innovatsion
g‘oyalar va loyihalar yaratildi. Loyihalar turizmni rivojlantirish, tadbirkorlikni
faollashtirish, oddiy xalqni xorijiy tillarga bo‘lgan munosabatini yaxshilash,
ilmiy va ma’naviy, robototexnika hamda ta’lim sohasini tubdan yaxshilashga
qaratilgan.
Jamoadagi talabalar va ularning loyihalari:
1. Xayitov
Bekzod - geografiya o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi,
loyiha mavzusi - “SMART BUS”.
2. Aliev Bekzod - kimyo o‘qitish metodikasi ta’lim
yo‘nalishi 4-bosqich talabasi, loyiha mavzusi - “Ta’limni rivojlantirish”.
3. Yunusov Xabibullo - ingliz tili va adabiyoti ta’lim
yo‘nalishi 3-bosqich talabasi, loyiha mavzusi - “Ta’limni rivojlantirish”.
4.Tursunov Abror - geografiya o‘qitish metodikasi
ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi, loyiha mavzusi – “Kitobxonlikni
rivojlantirish”.
5. Nurmatova Maftuna
– musiqa o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi
3-kurs talabasi, loyiha mavzusi – “Maktabgacha ta’lim sohasini
takomillashtirish”.
6. Ochilov Xabibullo - milliy g‘oya, ma’naviyat
asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi, loyiha mavzusi
“Yoshlarga oid”.
7. Ahmedov Xabibullo – rus tili va adabiyoti ta’lim
yo‘nalishi 4-bosqich talabasi - loyiha
mavzusi - “Tadbirkorlika oid”.
Hozirda ushbu loyihalarning 5 tasi hayotga tadbiq
etilgan bo‘lib, o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.


Qo`qon
davlat pedagogika instituti rektori Azizjon Eminov tashabbuslari bilan
institutdagi taxsil olayotgan talabalardan iborat yangi Jamoa tashkil qilindi.
Innovatsion g`oyalarni rivojlantirish jamoasi joriy yilning 18-mart sanasida
tashkil topdi. Xozirda jamoa a’zolari bilan birgalikda 10 dan ortiq innovatsion
g`oya va loyiharni yaratildi. Xalq Ta’lim Vaziri o`rinbosari Alisher Sadullayev
bilan ta’lim sifatini oshirish maqsadida Farg`ona viloyatiga tashrifi chog`ida
jamoa a’zolari bilan uchrashuv tashkil qilindi. A.Sadullayev talabalar
tomonidan yaratilgan g`oya va loyihalar bilan tanishib, ijobiy baxo berdi.
Kelgusida jamoa a’zolariga omad va muvofaqiyatlar tiladi. Jamoa a’zosi B.
Xayitov tomonidan yaratilgan “SMART BUS” loyihasi xozirda xayotga tatbiq
etildi.

Qo`qon
davlat pedagogika institutining Innovatsion g`oyalarni rivojlantirish jamoasi a’zosi
tabiy fanlar geografiya o`qitish metodikasi 4-bosqich talabasi B.Xayitov
tomonidan yaratilgan “SMART BUS” loyihasi bo`yicha qisqacha ma’lumot. Mazkur
loyihadan asosiy maqsad xalqimizni xorijiy tillarga bo`lgan munosabatini
yaxshilash va eng muximi xorijiy tillarni yul yulakay tekin o`rganishdan
iborat. Mazkur loyihada xozircha 2 ta xorijiy (ingliz, rus) tillardan
foydalanilgan. Kelgusida jamoa a’zolari bilan birga, “SMART BUS” loyihasi uchun
yana 2 ta xorijiy tilni qo`shish rejalashtirilgan.
Qo`qon
davlat pedagogika institutiing Innovatsion g`oyalarni rivojlantirish jamoasi a’zolari
joriy yilning 23-oktabrda Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan
o`tkazilgan “Innoweek” yarmarkasida qatnashishdi. Jamoa a’zolari B.Xayitov
M.Qochqorovlar Innoweek yarmarkasidan juda katta tasurotlar bilan qaytishdi.
Innovatsion g`oyalar texnologiyalar asosida tashkil
qilingan yig`ilishdan lavhalar