Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

·        o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asli;

·        fuqarolik pasportining asli;

·        xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblariga o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asli;

Abiturient ushbu qayd varaqadagi ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirib, o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni tugagandan so‘ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.

Abiturient “Abiturient ruxsatnomasi”ni Davlat test markazining rasmiy veb-sahifasidan (www.dtm.uz) 23-iyuldan oladi va unda ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

2019/2020 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi.

Sirtqi ta’lim shakliga abiturientlardan hujjatlar qabul qilish (ro‘yxatdan o‘tkazish) muddati 2019 yilning 15 iyunidan 15 iyuliga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.